Internet tarmog'iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo qilishdagi imtiyozlar

wi-fi zone

Bugungi kunda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan axborot asrida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar faolligining oshib borishi va turistlarning sayohat davomidagi o‘z taassurotlarini internet tarmog‘iga muntazam joylashtirib borish ehtiyojlarini ortishi natijasida internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlari – “bepul Wi-Fi zonasi”ni kengaytirish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. 

Bu o‘z navbatida tadbirkorlarga mijozlarni jalb qilish uchun qo‘shimcha ijobiy chora sifatida qaralmoqda.

Bepul Wi-Fi zonalarini kengaytirish, turistlarning jamoat joylari va turizm ob'yektlarida o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishi, ularning internetga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-sonli Farmonida internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini tashkil qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga imtiyoz berildi.

Unga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘z hududiga bepul Wi-Fi zonasini o‘rnatgan taqdirda, ushbu simsiz bepul ulanish hududini kengaytirish (bir nechta Wi-Fi nuqtalarini yaratish, ularning signal maydoning kengaytirish) uchun xarid qilingan asbob-uskunalar (internet tarmog‘iga ulanish va tarqatish uchun zaruriy uskunalar, xususan router-modemlar, aloqa kabellari) va internet-trafikni sotib olish uchun yo‘naltirilgan xarajatlar xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bazasidan ayirib tashlanadi va undan qolgan mablag‘ belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Masalan, 2018 yilning sentyabr oyida xo‘jalik yurituvchi sub'yekti – umumiy ovqatlanish nuqtasi o‘z hududida barcha mijozlari uchun bepul Wi-Fi zonasini tashkil etish uchun jami 40 mln. so‘mga router-modemlar va aloqa kabellari kabi zaruriy uskunalarni xarid qilib, bepul simsiz internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek, sentyabr-oktyabr oylari uchun internet trafigi uchun jami 1 mln. so‘m sarf qildi. Mazkur sub'yekt tomonidan 2018 yilning 3-choragida jami soliqqa tortiladigan daromadi 70 mln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, u soliqni faqatgina 29 mln. so‘mdan to‘laydi.

Jamoat joylarida tashkil qilingan bepul Wi-Fi zonasini barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar foydalanuvchilarni identifikatsiyalash tizimini o‘rnatgan holda tegishli sifatdagi ulanishni ta'minlashlari lozim.

Eslatma: soliq imtiyozi taqdim etilishi hisobiga bo‘shab qolayotgan mablag‘lar, ushbu mablag‘lar maqsadli yo‘naltirilishi belgilab berilmaganligi sababli, buxgalteriya hisobining balans hisob schetlarida ko‘rsatilmaydi hamda Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettirilmaydi. Vaqtinchalik taqdim etilayotgan soliq imtiyozini alohida hisobini yuritish uchun balansdan tashqari “Vaqtinchalik soliq imtiyozi” scheti ochiladi, hamda hisobot davrida taqdim etilgan imtiyoz summalari uchun schetning debetiga olib boriladi (Yuridik shaxslarga, soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).

Ma'lumot uchun telefon. (+998 71) 200-00-88, (1163)

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan

Hozir saytda 55 mehmon mavjud Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar - 0