Yurtimizda yangi ekoturistik maskan ochildi

 

photo_2018-11-30_09-36-58.jpg

Yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar qaysi shaharda bo’lishlaridan qat’iy nazar o’sha maskan haqida yanada ko’proq bilishni istashadi. Ularning bu istaklari ro’yobini ta’minlash maqsadida esa biz yanada ko’proq sayyohlik yo’nalishlarini izlashga harakat qilmoqdamiz. “Oazis Safari” bu ayni yuqoridagi fikrmizga misol bo'ladi…

Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan Bo’rontepa arxeologik yodgorligida yangi ekoturistik yo’nalish – “Oazis Safari” tashkil etildi. Mazkur maskan cho’l hududida joylashganligiga qaramasdan, barcha sayyohlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. O’z zamonasida “Buyuk Ipak yo’li” karvonlari savdo-sotiq ishlari tufayli shu yerdan o’tishgan va bu yer aholi turar joylariga aylangan.

photo_2018-11-30_09-37-03.jpg

 

 

photo_2018-11-30_09-36-54.jpg

 

 

photo_2018-11-30_09-36-50.jpg

 

Bugun esa ushbu sayyohlik yo’nalishi hali ham qum orasida, qadimgi davr buyumlari qoldiqlarini o’z bag’rida saqlab kelayotgan katta arxeologik tepalikdir. Yerdan 3 metr pastlikda joylashgan yer osti yo’li orqali kiriladigan hamda limon, mandarin, pomidor, bodring kabi sitrus meva-sabzavotlar yetishtirilayotgan kattagina issiqxona va sayyohlar uchun dam olish joylaridan iborat. O’ylaymizki, “Oazis Safari” barcha sayohatchilarni g’aroyibotlarga boy olami bilan hursand qila oladi.

photo_2018-11-30_09-36-36.jpg

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati