Yoshlar uchun sanoat turlarining joriy etilishi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorining 1-ilovasi 31-bandi bilan yosh avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, korxona va texnologik jarayonlar tarixini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratgan holda o’zbek, rus va ingliz tilidagi ekskursavod xizmatlarini taqdim etib yoshlarni yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirishga yo’naltirilgan industrial turlarini, shuningdek tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarni taqdim etgan holda alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish ko’zda tutilgan bo’lib, joylarda sanoat turizmini rivojlantirish bo’yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xozirgi kunga qadar Xorazm viloyatida umumiy hisobda 3700 dan ortiq yoshlarga, hususan oliy o’quv yurtlari talabalarining 1125 nafari, kasb-hunar kollejlarining 1127 nafari, umumta’lim maktab o’quvchilaridan 1150 nafardan ortig’i profilaktik hisobda turgan yoshlarning 15 nafari hamda boshqa ko’plab yoshlarga sanoat turizmi bo’yicha sayohatlar tashkillashtirilgan.

Ushbu turizm yo’nalishi yoshlarda vatanparvarlik hissini shakillantirish hamda ishlab chiqarishga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otishga zamin yaratib, respublikamizda yangi turizm yo'nalishi shakillanishiga xizmat qiladi. Ushbu fursatdan foydalanib, barcha yoshlarni respublikamizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga sanoat turizmini amalga oshirishga taklif qilamiz.

photo_2018-11-22_16-52-54.jpg

photo_2018-11-22_16-52-49.jpg

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan