Yapon arxeologlari mamlakatimiz tarixini o‘rganmoqdalar

Yaponiyadagi “Rishsho”  Universitetida O‘zbekistonda  arxeologik qazilmalarni olib borish bo‘yicha “davra suhbati” o‘tkazildi.  Tadbir davomida Surxondaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklari va umuman O‘zbekistonning uzoq tarixi bo‘yicha namoyish o‘tkazildi. Ayniqsa Surxon zaminidagi Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa va Zartepa budda yodgorliklari tubdan tahlil qilindi. Uchrashuvga professorlar, yapon universitet vakillari va ilmiy akademiklar taklif etildi.

“Davra suhbati” jarayonida Uzbekiston o‘zining boy tarixiga ega ekanligi va respublika hududida ming yillar davomida ko‘p millatlar, diniy qatlamlar, an'ana va madaniyatlar bosqichlari rivojlana borgan. Bu esa o‘zbek zaminining arxeologik yodgorliklarining mavjudligidan dalolat beradi. Tadbir yakunlari bo‘yicha, “Jahon” AA korespondenti suhbatlashdi:

«Rishsho» universiteti professori Xaruxi Yasuda:

-Bizni oliy ta'lim muassasamiz 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolaganmiz. YAqinda Termez va Qoratepada arxeologik qazilmalar olib bordik. Ushbu arxeologik qazilmalardan olangan ma'lumotlar orqali buddizmni Qora-tepa orqali Sharqqa qarab tarqalgani va ushbu zaminda har xil qarashli madaniy tarix mavjudligini ochishga harakat qilmoqdamiz.

Ushbu hamkorlikdagi ishlarimiz O‘zbekistonning tarixi va madaniyatini o‘rganishda samarali natijalar beradi,- degan umiddamiz, va albatta mamlakatlarimiz orasida hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Arxeologik olim, “Do‘stlik” ordeni sovrindori  Kyudzo Kato:           

-Men 2 yildan ortiq Surxondaryo viloyatining arxeologik qazilmalarida ishtirok etaman va aytishim mumkinki bu mening ikkinchi o‘yim. Ushbu hududdagi arxeologik qazilmalar o‘zbek xalqining o‘ziga xos tarix bosqichlariga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston bu kabi boy tarixni va madaniyatni saqlashga harakat qilayotganidan va arxeologik yodgorliklarga e'tibor qaratayotganidan juda xursandman.

Manba: www.jahonnews.uz

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan