Yangi ipak yo’li bo’ylab moviy konteynerlar Toshkentga yetib keldi

photo_2018-12-12_12-09-40.jpg

Joriy yilning 11-dekabr kuni O'zbekiston Tasviriy san'at galereyasida “Yangi ipak yo’li bo’ylab moviy konteyner” loyihasi ochilishi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi hamda O'zbekiston Tasviriy san'at galereyasi, San’at va dizayn bo’yicha Germaniya-Xitoy madaniy almashinuv assotsiatsiyasi (DCKD, Germaniya) vakillari va yurtimiz ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

photo_2018-12-12_12-09-34.jpg

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi Kasimhodjayev Ulug'bek ochib berdi.

-   Tarixda Buyuk ipak yo’lidagi Markaziy Osiyoning iqtisodiy bozoriga ko'prik bo’lgan davlat bu shubhasiz O’zbekiston bo’lgan.Hozirgi O'zbekiston hududida yashab kelgan xalqlar esa har doim muzokaralar olib borishda ochiq bo’lishgan. Bu iqtisodiy, madaniy sohalarni tezroq rivojlanishiga va ko'plab savdo aloqalarining yo’lga qo’yilishiga sabab bo'lgan. Bugun esa mamlakatlar o'rtasida mustahkam madaniy va iqtisodiy aloqalarni tiklash orqali biz nafaqat yurtimiz uchun, balki shunday xalqaro loyihaning tashkil etishda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilar uchun ham yangi imkoniyatlar ochib beramiz. Shu o’rinda, “Yangi ipak yo’li bo’ylab moviy konteyner” xalqaro loyihasi yurtimiz turizm salohiyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishida ishonchimiz komil, -deya o’z fikrlarini yakunladi.

photo_2018-12-12_12-09-37.jpg

 

Tadbir davomida San’at va dizayn bo’yicha Germaniya-Xitoy madaniy almashinuv assotsiatsiyasi (DCKD, Germaniya) vakillari loyihaning mazmun-mohiyati haqida tayyorlab kelgan taqdimotlari orqali jurnalistlarga umumiy ma’lumot berishdi.

photo_2018-12-12_12-09-25.jpg

Matbuot anjumanida yana "Moviy konteyner" tashabbusining asoschisi, Xitoy va Germaniya o'rtasidagi madaniy almashinuv yo’naltirilgan DCKD tashkilotining raisi Jian Guo loyiha va o’zaro hamkorlik haqida samimiy fikrlarini aytib o’tdi: "Maqsadimiz Yangi Ipak yo'li bo'ylab insonlarni san'at orqali birlashtirishdan iborat. O'zbekistonda bu niyatimiz amalga oshmoqda."

Taqdimot davomida ushbu loyiha o’tgan yillar davomida qaysi davlatlarda qanday tashkil etilgani haqidagi videorolik ham tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

photo_2018-12-12_12-09-40.jpg

Ma’lumot uchun: "Yangi ipak yo'lidagi moviy konteyner" xalqaro loyihasi doirasida 2018 yil 12-20 dekabr kunlari “Yangi ipak yo’lidagi san’at” ko’rgazmasi ham bo’lib o’tadi.

 

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati