Press-reliz: Yangi Ipak Yo'li bo’ylab Moviy Konteynerlar

photo_2018-12-11_10-47-43.jpg

O'zbekiston – Markaziy Osiyoning iqtisodiy bozoriga bo’lgan ko'prik.

Buyuk Ipak yo'lida joylashgan mamlakat tezkor xalqaro aloqa platformasiga aylanmoqda. Toshkent o’z oldiga insonlarni birlashtirishni maqsad qilgan hamda madaniy va iqtisodiy almashinuvlarga yo’naltirilgan “Yangi ipak yo’li bo’ylab moviy konteyner” loyihasining ilk bekatiga aylandi.

 “Moviy konteyner” Yevropa va Xitoyni bir-biriga bog'laydigan yo’llar uzra o’ziga xos muloqot maydonchasi sanaladi.

O’zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda San’at va dizayn bo’yicha Germaniya-Xitoy madaniy almashinuv assotsiatsiyasi (DCKD, Germaniya) tomonidan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi hamda O'zbekiston Tasviriy san'at galereyasi bilan hamkorlikda "Yangi ipak yo'lidagi moviy konteyner" xalqaro loyihasi doirasida 2018 yil 12-20 dekabr kunlari o’tkaziladigan “Yangi ipak yo’lidagi san’at” ko’rgazmasi mazkur loyihani boshlab beradi.

photo_2018-12-11_10-47-43_2.jpg
"Moviy konteyner" tashabbusining asoschisi, Xitoy va Germaniya o'rtasidagi madaniy almashinuv yo’naltirilgan DCKD tashkilotining raisi Jian Guo shunday dedi: "Maqsadimiz Yangi Ipak yo'li bo'ylab insonlarni san'at orqali birlashtirishdan iborat. O'zbekistonda bu niyatimiz amalga oshmoqda."

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlaydi: "Buyuk Ipak yo'lining ahamiyatini inkor etish juda mushkul. Zamonaviy O'zbekiston hududida yashab kelgan insonlar esa har doim muloqotga ochiq bo’lishgan. Bu madaniy jihatdan boyishga va ko'plab savdo aloqalarining yo’lga qo’yilishiga hissa qo'shgan. Shu sababli, mamlakatlar o'rtasida chuqur madaniy va iqtisodiy aloqalarni tiklash va rivojlantirish, Ipak yo'lining tiklanishiga yangi turtki berish orqali biz nafaqat mamlakatimiz uchun, balki loyihaning barcha ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar ochib beramiz."

DCKD va uning O'zbekistondagi hamkorlari 2018 yil iyun oyida Germaniyaning Duysburg shahrida bo'lib o'tgan ochilish marosimida bo’lgani kabi aks-sadolarni kutishmoqda. O’sha vaqtda 10 kun ichida ko'rgazmani tomosha qilishga 20000 dan ziyod mehmon kelgandi.

Toshkentda Duysburgda bo'lib o'tgan ko'rgazmaning ayrim elementlari namoyish etiladi. Ekspozitsiya doirasida YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan va G'arbiy Xitoy hududida joylashgan Dunxuan g'orining rasmlari, shuningdek, Xitoyning turli san’at akademiyalarining zamonaviy tushrang (siyoh) tasvirlari taqdim etiladi. Ko'rgazmaning bir qismi zamonaviy san'atga bag'ishlangan: fotosuratchilar Korina Hertz va Ulrike Myoshel. Taniqli rassom Katarina Ziverding asarlari ko’rgazmada ilk bor namoyish etiladi. 

Germaniyalik ishtirokchilarni Dyusseldorf Hukumatining sobiq prezidenti va “701” san'at uyushmasining raisi Yurgen Byuzo tanlagan.

photo_2018-12-11_10-47-41.jpg
Ko’rgazmada O'zbekiston zamonaviy rassomlarining 60 dona atrofidagi asarlari ham namoyish etiladi. Xitoylik vakillarga xalqaro maydonda taniqli bo'lgan san’atshunos Shu Yang rahbarlik qiladi.

“Moviy konteyner” madaniy va iqtisodiy poezdi Germaniyaga qaytgunga qadar Ostona (Qozog'iston) va Pekin (Xitoy) shaharlarida to'xtab o’tadi.

Ortga qaytishda Gretsiyaning tarixiy Pirey shahrida to'xtash imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda. Kelgusi yil yakuniy bekat Dyusseldorf bo'ladi.

Germaniyadan Xitoygacha va Xitoydan Germaniyagacha bo’lgan butun yo'nalish bo'ylab uchta konteyner O'zbekiston brendining tasviriy reklamasi bilan bezatiladi.

 

 Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati