Xorijdagi vatandoshlar bilan turizmni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

IMG_9248.jpgJoriy yilning 10 noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida O’zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Yoshlari umumjahon asotsiatsiyasi, “Nihol” o’zbek-nemis ilmiy-madaniy jamiyati hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Хorijiy innovatsion g’oyalar va texnologiyalar hamda ularni O’zbekistonda tatbiq qilish istiqbollari” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Mazkur tadbirda Germaniya va boshқa Evropa mamlakatlarida ta’lim olayotgan O'zbekistonlik talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, nemis kompaniya va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o'zbek mutahassislari, tadbirkorlar, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, vazirlik va idoralar, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Evropa mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan o'zbek vatandoshlar tomonidan turli yp’nalishlarda ishlab chiqilgan innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va yangi texnologiyalar namoyish etildi xamda ushbu loyihalarni O'zbekistonda amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tadbir davomida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar, jumladan, Chexiya tabiiy fanlar universiteti magistranti B. Hojimurodovning O’zbekistonda shaharlararo avtobus transporti tizimini rivojlantirish, ichki va horijiy turistlarga qulay sharoit yaratish”, Germaniyaning Vayfeyr kompaniyasining narx tahlili bo'yicha mutahassisi Z. Rahimovning “Turizm ob’ektlari va qadamjolarda audio gidlarni joriy eshtish mexanizmlari” hamda Germaniyaning Plantim Shvarts kompaniyasi muxandisi SH. Turdalievning “Temir yo'l transporti tizimida davlat-xususiy sektor sherikligini yo’lga qo'yish” kabilar namoyish etildi hamda soha mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan vatandoshlar xamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi vakillari o'rtasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirishda samarali mexanizmlarni joriy etish bo'yicha halqaro tajriba, O'zbekistonning turizm salohiyatini vatandoshlar tomonidan targ'ib qilish yo’llari, horijiy malakali mutaxassislarni turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish uchun jalb etish, mamlakatimiz turizm infratuzilmasini yaxshilash uchun investitsiyalar kiritish kabi masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, O'zbekistonning turizm salohiyatini namoyish qiluvchi targ'ibot materiallari taqdim etilib, vatandoshlar tomonidan O'zbekistonning turizm salohiyatini doimiy targ'ib qilib borishga kelishib olindi.

IMG_9248.jpgIMG_9090.jpg Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan