Xorazm viloyatida turizm sohasi sub’ektlari uchun qo’shimcha yengilliklar yaratilmoqda

Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan turizm sohasi vakillarining taklif va muammolari doimiy ravishda atroflicha o‘rganib kelinmoqda.
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi PQ-3939-sonli “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirilishini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Xorazm viloyati bo‘yicha tashkil qilingan Respublika Ishchi guruhi bilan hamkorlikda departament tomonidan viloyatdagi mavjud holat chuqur tahlil qilinib, vohaning turistik imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga alohida ahamiyat berilmoqda.


Hududda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan investitsiya kiritish sharti bilan bo‘sh turgan madaniy meros ob’ektlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, o‘rganishlar natijasida Xorazm viloyatida davlat ko‘chmas mulki ob’ektlaridan foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan ijara to‘lovining xududiy koeffitsiyentiga joriy yilning 1-noyabr sanasidan o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, ushbu o‘zgartirishga asosan hududdagi madaniy meros ob’ektlarini tadbirkorlar tomonidan ijaraga olish haq miqdorlarini 40 foizgacha arzonlashtirilishiga erishildi.

Buning natijasida birgina “Orient Star” MChJ tomonidan Xiva shahrida Muhammad Aminxon va Matniyoz Devonbegi madrasalarini ijaraga olib mehmonxona va restoran faoliyatini yurgizish uchun yiliga 399 mln. so‘m miqdorida ijara to‘lovlari amalga oshirib kelinayotgan bo‘lsa, endilikda ushbu kiritilgan o‘zgarishga muvofiq ijara haqqining to‘lovi 237 mln. so‘mgacha kamaytirilishiga erishildi va tejab qolingan mablag‘lar evaziga tadbirkor tomonidan mehmonxona faoliyatini yanada rivojlantirish va qayta investitsiya kiritish uchun imkoniyat yaratib berildi.

Albatta, o‘z navbatida ushbu madaniy meros ob’ektlarini ijaraga olganda ularni muhofaza qilish va to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash tadbirkorlik sub’ektlari bilan tuzilgan shartnomalarda qat’iy belgilab berilmoqda.

Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar madaniy meros ob’ektlarini investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga olish istagini bildirayotgan tadbirkorlar sonini oshishiga va yillar mobaynida bo‘sh turgan 20 dan ortiq madaniy meros ob’ektlarini tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berish imkoniyatlarini hamda viloyatning turizm salohiyatini yanada kengayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

 Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan