Xorazm viloyatida turistik tashkilotlarga litsenziya berila boshlandi

517663ef-6537-4bc2-ac7a-087e98a5d0bf.jpg

Mamlakatimizda so’nggi yillarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan keng chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunday imkoniyatlardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5409-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq, 2018 yil 1 iyun kunidan boshlab litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyasi respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazish huquqi berildi.


Shu munosabat bilan Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamentining turizm faoliyatini litsenziyalash bo’limiga turizm faoliyati litsenziyasini olish bo’yicha "TOP MANAGEMENT” MCHJ rahbari T.Jumaniyazov ham ariza bilan murojaat qildi. Viloyat turizmni rivojlantirish departamentining ma'sul xodimlari yordami bilan qisqa muddat ichida tadbirkorga turizm faoliyati litsenziyasi berildi va 14-avgust sanasida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti direktori tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan