Xorazm viloyatida turistik markazlar soni oshmoqda

photo_2018-08-27_08-56-19.jpg


Xiva - Xorazmning qadimiy shaharlaridan biri bo’lib, o’rta asr sharq me’morchiligining tengsiz javohiridir. Uning afsonaviy go’zalliklarini ko’rish maqsadida Xiva shahriga har yili minglab sayyohlar tashrif buyurmoqdalar.
Sayyohlar sonining yildan-yilga oshib borishi soha rivojidagi amalga oshirilishi nazarda tutiladigan ishlar rivojini yanada oshirish va takomillashtirishni talab qilmoqda.


Sayyohlarga zamon talablari darajasida xizmat ko’rsatish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida viloyatning sayyohlar bilan eng gavjum bo’luvchi “Ichan-Qal’a” hududida Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan ma’lumotlar markazi ishga tushirildi.
Endilikda “Ichan-Qal’a” hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlarimiz o’zlari uchun zarur bo’lgan aviachiptalar, temir yo’l biletlari narxlari va ularni band qilish, mehmonxonalar haqida to’liq ma’lumot olish va band qilish,restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taxi chaqirish xizmatlari, gid ekskursavod xizmatlaridan foydalanish, va viloyatda o’tkaziladigan madaniy ko’ngilochar tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni o’zbek, ingliz va rus tillarida viloyat turizmni rivojlantirish departamentining malakali mutaxassislari tomonidan olishlari mumkin.

photo_2018-08-27_08-55-55.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan