Xalqaro investitsion forum xorijiy ommaviy axborot vositalari nigohida

Joriy yilning 19-21-noyabrkunlari Toshkent shahridagi“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum haqidagi xabarlar xorijiy ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritildi. Jumladan, tadbirga doir lavhalar Rossiya televideniyasining “МИР24” va “Россия24” telekanallaridagi informatsion dasturlar orqali namoyish etildi. Unda 48 mamlakatdan 300 nafardan ortiq vakil, xususan, investorlar, sayyohlik sohasidagi xalqaro moliya institutlari va tashkilotlar xodimlari, turizm sohasidagi ekspert va mutaxassislar, mamlakatimiz va chet el kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etgani alohida qayd etildi. Shuningdek, jurnalistlar ushbu nufuzli forum yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mamlakatga xorijdan sarmoya jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Bugungi kunda xorijiy davlatlarning yirik xorijiy investitsion kompaniyalari O‘zbekistonda turistik infratuzilma obyektlarini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishdan manfaatdor bo‘lmoqda.

Uch kun davomida yurtimizda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan va imtiyozlardan foydalangan holda, loyihalarga investitsiya kiritishga qiziqqan investorlar uchun shu forum doirasida shartnoma tuzish va yer uchastkalarini shu yerning o‘zida sotib olish imkoniyati yaratilgani alohida diqqatga sazovordir.

Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari forumni yoritish jarayonida O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2018-yilning oxirigacha besh milliondan oshishi va qator xorijiy davlatlar uchun viza tartibi va tranzit vizalarini joriy etish turizmni rivojlantirish uchun turtki bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

World Economics Magazine veb-saytida esa "Birinchi xalqaro investitsion forum turizm sohasida" deb nomlangan maqola chop etildi. Maqola mahalliy va xorijiy jamoatchilik orasida katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birga O'zbekistonda bo’lib o'tgan forumga qiziqishni yanada ortishi sabab bo’ldi. Maqola saytga joylshtirilishi bilan birinchi kunning o’zida 5 mingdan ortiq kishi maqola bilan tanishdi.

.jpg

 Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishingiz mumkin:

1. https://www.wem.az/ru/news/novosti/11961.html

2. https://www.youtube.com/watch?v=bEUJJ4twmiM

3. https://mir24.tv/news/1633S954/uzbekistan-prinyal-mezhdunarodnyi-investicionnyi-forum-v-sfere-turizma

4. https://infoshos.ru/ru/idn/19914

5.https://travel.rambler.ru/news/41286817-v-uzbekistane-provdet-mezhdunarodnyy-investitsionnyy-forum-v-sfere-turizma/

6. https://www.tourprom.rU/pressrelease/l 1516/

7. https://www.wem.az/ru/news/novosti/1196.html

8. https://www.vesti.ru/videos/show/vid/777787/

9.https://mir24.tv/news/16337959/moskvichei-predupredili-o-ledyanom-dozhde-v-seredine-nedeli

 

 

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan