Viloyatda turistlarga oliy darajada xizmat ko’rsatish uchun 5 yulduzli mehmonxonalar soni ortmoqda

8a145b1e-bfaa-40dc-89b6-2c03ff28ef9b.jpg

Har yili dunyoning turli qit’alaridan minglab sayyohlar qadimiy Xorazm viloyatiga Urganch va Xiva shaharlarining madaniy meros obidalari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish, uning go’zal ko’rinishidan bahramand bo’lish uchun tashrif buyuradilar.

Mahalliy va xorijlik mehmonlarga yuqori sifatli, xalqaro andozalar darajasida xizmat ko’rsatilishida mehmonxonalarning alohida o’rni mavjuddir. Shuning uchun ham viloyatda yangi, zamon talablariga mos keluvchi mehmonxonalar qurish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday mehmonxonalardan biri Urganch shahri markazida “Shovot Grand Plaza” korxonasi tomonidan qurilmoqda. Rеspublika AT "Asaka bank" tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik va idoralar tomonidan mazkur ob'еktni kompleks tarzda, ya'ni zamonaviy biznеs-markaz, savdo majmualari va eng yuqori ikki qavatida 25-30 ta xonaga mo’ljallangan mеhmonxonadan iborat tarzda qurish go'yasi qo’llab-quvvatlanishi bildirilgan bo'lib, O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bilan mazkur binoni “nol” qiymatda Asaka bank balansiga qabul qilish yuzasidan 2017 yil 31 iyulda 109-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolangan.
Bugungi kunda ushbu binoning asosiy qurilish ishlari yakunlanish arafasida turibdi. Yaqin kunlarda 5 yulduzli mehmonxona bo’lishi rejalashtirilayotgan ob'ekt voha mehmonlariga xizmat ko’rsata boshlashi kutilmoqda.

7de34f00-fefd-480d-a873-460eb1c092ac.jpg82da79d2-99d5-494e-8ff7-a7bfafc8200d.jpg91d72a02-218d-483f-8641-dda98484036c.jpg851109cd-bfad-4971-909e-430eb1d82532.jpgc8cb0305-9da3-4ec6-8747-f45b186f11cf.jpge80ff4d6-3756-40d4-911f-14b626a78300.jpgef03ec4b-92d3-4c6f-bda5-778df23e1c08.jpg


Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan