Turoperatorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar soni ortib bormoqda

Joriy yilning 1 yanvaridan 1 oktyabr sanasiga qadar turizm (turoperatorlik) faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari soni 199 taga yetdi. 2017 yilda 9 oylik vaqt ichida 83 tadbirkorlik subyektlari litsenziya olgan edi. O’tgan yilgiga nisbatan bu ko’rsatkich 2,4 barobarga o’sdi.

Bugungi kunda turizm faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litseenziyaga ega va faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonalar soni 922 tani tashkil etmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati