Turkiya bilan hamkorlikda turizm klasterlari ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda

photo_2018-09-05_06-48-43.jpg


“Turkiya Respublikasi hukumati va O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasidagi turizm sohasida hamkorlik haqida”gi Bitim doirasida mamlakatlarimiz o’rtasida turizm sohasidagi keng ko’lamli hamkorliklar mustahkamlanib bormoqda. Mazkur hamkorliklar doirasida Turkiyaning tog’ dor yo’llarini barpo etishga qaratilgan “Teleferik Holding” kompaniyasi hamda “Idealist” shaharsozlik, ko’chmas mulk, investitsion hamkorlik kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik o’rnatildi.

Turkiyaning “Idealist” kompaniyasi vakillari 2018 yil 2-8 may kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi, Jizzax viloyatining Zomin tumanida, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida, Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Sariosiyo, Termiz tumanlarida hamda Xorazm viloyati Urganch tumanida turizm klasterlari ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan hududlarda oʻrganish ishlarini olib borishdi.

Turizm qo‘mitasi bosh mutaxassisi Anvar Yusupov, Surxondaryo, Xorazm, Namangan viloyatlari hokim o‘rinbosarlaridan iborat delegatsiya bilan 2018 yil 3 sentyabr kuni Turkiyaning “Idealist” kompaniyasining Istanbuldagi ofisida ushbu viloyatlarda barpo etiladigan turistik klasterlarning Master-rejalarini ishlab chiqish masalalarida muzokaralar o‘tkazdi.
Ushbu muzokaralarda Xorazm viloyati hokimining o’rinbosari – Shuhrat Ibodullayev, Surxondaryo hokimining o’rinbosari – Alisher Amirov, Namangan hokimining o’rinbosari – Ulug‘bek Yunusov, Turkiyaning Idealist kompaniyasi rahbari – Nevzat Utkan Ilijali, Teleferik Holding rahbari – Ilker Jumbul qatnashishdi.

Hamkorlar 4-sentabr kuni Bursa shahrida muzokaralar o‘tkazishdi va Bursada Teleferik Holding kompaniyasining ofisi va teleferik stansiyalarini ko‘zdan kechirishdi. Bursa viloyati hokimi Izzetdin Küçük bilan ham O‘zbekistonga investor jo‘natish masalasida suhbat bo’lib o’tdi. Bursa viloyati hokimi noyabr oyida Teleferik Holdingni boshlig‘i Ilker Jumbul bilan O‘zbekistonga borishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
Turizmni rivojlantirish xodimi TRT Haber va TRT AVAZ telekanallariga intervyuda, mamlakatimiz rahbariyati va hukumati tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

photo_2018-09-05_06-48-59_2.jpgphoto_2018-09-05_06-48-59.jpgphoto_2018-09-05_06-48-41.jpg

photo_2018-09-05_06-48-43.jpg


Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan