Turizm sohasida axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi

UzbekistanlogoBugun hech bir sohani kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Axborotlashtirish va kompyuterizatsiyalash davrida sayyohlik sohasida axborotni sotish va uni uzatish bo‘yicha yangicha yondoshuvlarga olib keldi.

Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir muassasa uchun zamonaviy AKT dasturlarini joriy etish va ularni nafaqat ichki balki tashqi bozorda sotish uchun muhim manbalardan biri desak adashmaymiz. 

Aksariyat mahalliy sayyohlik tashkilotlari bugunga kelib o‘z internet saytlariga ega, zero aynan internet saytlari turmahsulotni sotish uchun asosiy manba hisoblanadi.

Aynan shuning uchun ham 2013 yilda “O‘zbekturizm” MK tomonidan ishga tushurilgan www.welcomeuzbekistan.uz veb-portali  mamlakatimizning tarixiy yodgorliklari, sayyohlik mashrutlari, gid-tarjimonlari, mahalliy qonunchilik, madaniyat, an'analar, tabiat, hayvonot olami, muzeylar, restoranlar, shuningdek mamlakatda yetakchi kompaniyalari to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar berilgan. Hozirda sayt 6 ta tilda-rus, ingliz, nemets, fransuz, ispan, koreys tillarida ishga tushirilgan.

YAqin orada sayt italyan, xitoy, yapon tillariga tarjima qilinishi rejalashtirilmoqda. Saytning Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari sohadagi yangiliklar va zaruriy ma'lumotlarni tarqatishda muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar sayyohlik xizmatlarini dunyo bozoriga targ‘ib qilish, turistlar oqimini yanada kengaytirish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. www.uzbektourism.uz rasmiy saytida muntazam berilib borilayotgan ma'lumotlar aholini bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, hayotga tatbiq etilayotgan yangi loyihalar bilan tanishish imkonini bermoqda. 2015 yilning may oyida sayt o‘z ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib, yangicha ko‘rinish oldi. Unda tashkillashtirilayotgan yangi bo‘limlar, texnik jihatdan takomillashtirganligi sayt o‘quvchilariga ko‘plab qo‘layliklar yaratdi.

Endi saytda e'lon qilingan barcha ma'lumotlarni smartfon va planshetlar orqali o‘qishlari mumkin. Bu kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi saytga kiruvchilar sonini sezilarli oshishiga sabab bo‘ldi.

Dunyo bozorida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini namoyish etish istiqbollarini yanada takomillashtirish maqsadida hududlarning sayyohlik imkoniyatlarini yanada kengroq jalb qilish maqsadida Xorazm viloyatida www.visitkhorezm.uz, va Qashqadaryo viloyatida www.visitkashkadarya.uz saytlari tashkil qilindi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, zamonaviy sayyohlar dam olish kunlarini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu saytlarda turistlar uchun ushbu hududlar to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar, yo‘l ko‘rsatkichlar, mobil ilovalari, tarixiy obidalarning to‘liq tasniflari turli tillarda  berilgan.

Aynan shuning uchun, 2014 yildan boshlab “Ichan-Qal'a” tarixiy shahar muzeyida ishga tushirilgan simsiz internet- Wi-Fi tarmog‘i 27 tarixiy ob'yektlarida ishga tushirildi.

Wi-Fi tarmog‘i foydalanuvchilari Internet xizmatida barcha ob'yektlarda faqat bitta karta orqali foydalanishlari mumkin. Masalan abonent Xiva shahrida karta sotib olgan bo‘lsa, uni Termez, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida va boshqa joylarda qo‘llashlari mumkin.

BePro dasturchilar Markazi tomonidan “O‘zbekturizm” MK bilan hamkorlikda mobil qurilmalari uchun dasturiy ta'minot, 3-D maketlar qurilmalari, shuningdek infokioskalar uchun dasturiy ta'minotlar kabi kompleksli loyihalar kiradi. Ilk bora ushbu loyiha turizm sohasida Xorazm viloyatining imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etishga qaratilgan.

iOS va Android platformalarning mobil qo‘rilmalari uchun axborot ta'minotlarning tashkil etilishi, mobil ilovalardagi, tarixiy obidalarning tarixi, ularning arxitekturasidagi o‘ziga xosliklar, muzeylar, milliy taomlar tayyorlanish uslublari, turlar va sayyohlik kompaniyalarining yagona foto-galeriyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar App Store va Google Play Marketlarga joylashtirilgan.

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirliklar bilan hamkorlikda davlat interfaol onlayn xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hukumat portalidagi sayyohlik bo‘yicha ma'lumotlarni doimiy ravishda yangilab borish bo‘yicha ham zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

AKTni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mamlakatimizda ushbu sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatini oshirish bo‘yicha xizmat qilib, mamlakat sayyohlik salohiyati to‘g‘risida jahon ahlining xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekturizm” MK mabuot-xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan