Turistik korxonalar rahbarlari faoliyatining huquqiy asoslari mavzusidagi o'quv-seminar haqida.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-oktyabrda "Turizmfaoliyatinilitsenziyalashtartibitogrisida"gi 189-sonli Qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 3–7-dekabr kunlari Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika davlat unitar korxonasigaqarashli markazda "Turizm korxonalari rahbarlari faoliyatining huquqiy asoslari" mavzusida o’quv-seminar bo’lib o’tdi.

Kursdan ko’zlangan maqsad turizm korxonalari menejerlarining professional malakasini oshirishdan iborat edi.

O’quv-seminar davomida turizm sohasi bo’yicha qonunchilikdagi o'zgarishlar, O'zbekiston Respublikasi sayyohlik faoliyatini huquqiy tartibga solish, turizmda soliqqa tortish (QQS soliq to'lash tizimiga o'tishga tayyorgarlik), mehnat qonunida innovatsiyalar kabi turoperatorlik faoliyatining dolzarb masalalari, shuningdek, sohada elektron tijoratni qo'llash orqali biznesni kengaytirish yuzasidan fikr almashilindi.

Ma'lumot uchun: O’quv-seminarda ekspertlar sifatida Davlat soliq qo'mitasi yuridik bo'limi boshlig'i (Solodovnikova R.G.), yuridik fanlar doktori, mehnat huquqi va ijtimoiy muhofaza qilish bo'limi professori (Gasanov M.Yu), auditorlik kompaniyasining direktori (Golosova S. A.), turizm bo'yicha mustaqil ekspert (Shamshidov M.A), O'zbekiston Respublikasi Elektron tijorat raisi (M.Azamov) va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

O’quv-seminar dasturi turistik korxonalar direktorlarining so'rovlari asosida tashkil etilgan va ishlab chiqilgan.

O’quv-seminar oxirida ishtirokchilar turistik kompaniyalarning joriy yildagi faoliyatini monitoring qilishdi va o’tgan davr mobaynida yuzaga kelgan va soha rivojiga to’sqinlik qilayotgan masalalarini ko'rib, o’rganib chiqdilar.

O’quv-seminarda qatnashgan mutaxassislarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

 

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati