Toshkentda yangi turistik obyekt ish boshladi

welcome1.png

Taom pishirish kurslari va milliy taomlar restorani hamma yerda bor lekin, milliy taomlarni tayyorlash jarayoni bilan o‘sha taomlarning vatanida tanishish doimo turistlar uchun qiziqarli bo‘lib kelgan. Toshkentda yangi sayyohlik obyekti o‘z faoliyatini boshladi. Uchtepa tumanidagi “Welcome” oilaviy korxonasi sayyohlarga milliy taomlarimizni pishirish jarayonlarini “master-klass” ya’ni mahorat darslari ko‘rinishida taqdim qilmoqda.

Shuningdek, bu yerda xorijlik mehmonlar milliy va xorij musiqa hamda qo‘shiqlarini jonli ijroda tinglash imkoniga ega. Bu hali hammasi emas, oilaviy korxona xodimlari “Kelin salom”, “Kuyov sinash” kabi milliy marosimlarimizni ham sahnalashtirilgan holda namoyish qilmoqda. Aytish kerakki, bunday gastronomik turizm markazi hozircha poytaxtimizda mavjud emas edi. Kuni kecha mazkur oilaviy korxona o‘zining ilk mehmonlarini qabul qildi. Ular Ispaniyaning Barselona shahridan kelgan Antonio Arevalo va Gemma Morolardir. Mehmonlar ushbu markazda bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimiz, qolaversa, milliy oshxonamiz haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga o‘zbegimning shoh taomi palovxonto‘rani tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etdilar. Ispaniyalik Gemma xonim hayratini yashira olmadi.

Gemma Moro - sayyoh (Ispaniya):

O‘zbekistonga kelganimizdan juda xursandmiz. Bizga mamlakatingiz juda yoqdi. Taassurotlarim cheksiz. Sayohatimiz davomida Toshkent, Xiva, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqandga bordik. Har bir hududning o‘ziga xos go‘zalligi va kishini hayratga soluvchi jihatlari bor. Sayohatimiz bizga unutilmas onlarni taqdim qilyapti. Bu yerda biz dildan yayrayapmiz. Jonli musiqa, shirinsuhan oila, mazali meva-yu, ishtahani qitiqlovchi taomlar. Barchasi zo‘r.

Antonio Arevalo - sayyoh (Ispaniya):

O‘zbek gastronomiyasibizga juda ma’qul bo‘ldi. Safar davomida milliy taomlaringizni mazza qilib tanavvul qildik. Ayniqsa hozirgi turgan maskanimizda yashovchi insonlar bilan tanishuvimiz qiziq bo‘ldi. ularning yashash tarzini ko‘rib, birga taom pishirib, to‘kinr dasturxon atrofida ovqatlandik. Bu jarayonlarning barchasi yoqimli bo‘ldi. Boshqalarga ham O‘zbekistonga kelishni, ana shunday mahalliy aholi xonadonlarida bo‘lishni tavsiya qilaman.

Sayyohlarga “Welcome” oilaviy korxonasidagi sharoitlar manzur bo‘ldi. buni ularning Qadrli mehmonlar kitobida qoldirgan samimiy fikrlaridan ham anglash mumkin.

P/S. “Welcome” oilaviy korxonasining manzili: Toshkent sh., Uchtepa tumani 1 tor Nazarbek ko‘chasi 50 uy. Mo‘ljal: Beshqayrag‘och Korzinka.uz supermarketi.

Telefon (+99897) 344-55-06.

.jpg0002AS.Still008.jpg0002AS.Still006.jpg0002AS.Still005.jpg0002AS.Still004.jpg0002AS.Still002.jpg0002AS.Still001.jpg

 

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot markazi

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan