Toshkentda yana bir muzey tashkil etildi

museum clipartPoytaxtimizda sayyohlar orasida mashhur bo‘lib ulgurgan mavjud muzeylar orasida yana bir muzey tashkil etildi. Mehmonlarga birincha marta o‘z eshiklarini ochgan Politexnika muzeyi 2 ta hududdan ya'ni, ekspozitsion va interfaol hududdlardan tashkil topgan.

Ekspozitsion hududda barcha mehmonlar retro-avtomashinalari, qadimiy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan tanishdilar. Shuningdek, bu yerda mahalliy avtopromalar «GM Uzbekistan», “Tiko” dan boshlab “Orlando”ga qadar O‘zbekistonning asosiy avtomobil maketlari namoyish qilingan. 

Asosiysi, O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan “Kinetik kichik sharlar” 3D-mapping shousi va installyatsiyasi muzeyga tashrif buyurganlarga unutilmas onlarni hadya qiladi.

Interfaol hududda namoyish qilingan eksponatlar ham tabiiy fanlarni anglab yetish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Bu yerga tashrif buyurganlar “Interfaol pol” va “X-box” hududlaridagi kompyuter o‘yinlarini o‘ziga qamrab olgan oynali labirint Eysma sirli xonasida raqsga tushayotgan robotlarning guvohi bo‘lishadi.

Yuqorida sanab o‘tilganlar muzeydan joy olgan eksponat-attraksionlarning to‘liq ro‘yxati emas. Muzeyga tashrif buyurgan har bir mehmon unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishi aniq. 

“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan