Toshkent - Yangi Ipak yoʻlidagi moviy konteyner xalqaro loyihasining birinchi bekati

photo_2018-12-12_18-51-58.jpg

Joriy yilning 12-dekabr kuni “Yangi ipak yoʻlidagi moviy konteyner“ Xalqaro loyihasi doirasida “Buyuk ipak yoʻlidagi sanʼat“ mavzusida koʻrgazma va forum tashkil etildi.

photo_2018-12-12_18-51-54.jpg

Xalqaro koʻrgazma va forum, loyihaning madaniy va iqtisodiy sohalardagi oʻzaro tajriba almashishning boshlanishi boʻldi. “Moviy konteyner” loyihasining joriy yildagi birinchi bekati sifatida Toshkent shahri tanlandi.

DCKD tashkiloti raisi va “Yangi ipak yoʻlidagi moviy konteyner“ loyihasining moviy konteynerini tashkillashtirish tashabbuskori Jian Guo loyihaning soʻzlariga koʻra, ushbu loyiha doirasidagi eng muhim davlatlar bu Oʻzbekiston, Xitoy va Germaniyadir.

photo_2018-12-12_18-52-03.jpg

photo_2018-12-12_18-52-12.jpg

photo_2018-12-12_18-52-14.jpg

photo_2018-12-12_18-52-26.jpg

“Oʻzbekiston - Markaziy Osiyo yurti va Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan muhim strategik mamlakat hisoblanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda bunday faol siyosat yuritilayotgani va madaniyat sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani alohida tahsinga sazovordir “, - dedi Jian Guo.

photo_2018-12-12_18-52-18.jpg

Koʻrgazmada YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Gʻarbiy Xitoyning Dunxuan shahridagi gʻordan olingan rasmlar, Germaniya va Oʻzbekistonning zamonaviy fotograflari va rassomlarining eng sara asarlari namoyish etilmoqda.

photo_2018-12-12_18-51-34.jpg

Madaniy-iqtisodiy muloqot maydoni uchun “Moviy konteyner” tashkilotchilari kelgusi yil quyidagi bekatlarda: Qozogʻiston, Xitoy, Gretsiya va Germaniyada tashkil etish rejalashtirishmoqda.

photo_2018-12-12_18-52-09.jpg

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati