Toshkent viloyatida kichik (8-50 oʻrinli) mehmonxonalar tashkil qilish uchun qulay imkoniyat

hacienda_1_0.jpg

Joriy yilning 30 avgust kuni Toshkent viloyatida kichik mehmonxonalarni tashkil qilish boʻyicha loyiha takliflarini shakllantirish, investorlar va tadbirkorlarning takliflari Respublika ishchi guruhi tomonidan qabul qilinmoqda.

Loyiha takliflarini taqdim etish uchun tavsiyalar:

1. Mehmonxona quriladigan hududga turistlar oqimining barqarorligi;

2. Qurilishi rejalashtirilgan kichik mehmonxonalar jahon tajribasini oʻrgangan holda namunaviy loyihalar asosida rejalashtirilishi;

3. Qurilishi rejalashtirilayotgan kichik mehmonxonalarning eko uslubda boʻlishi;

4. Kichik mehmonxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi asoslanishi maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida turizm obyektlarini barpo etish boʻyicha ham dastur shakllantirilmoqda.

Yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha investorlar va tadbirkorlarning loyiha takliflarini shakllantirish boʻyicha viloyat hokimligi xuzurida Shtab tashkil qilindi.

Eslatma: loyiha takliflari joriy yilning 5 sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: +99890 358-99-11; +99893 691-22-22. Elektron manzil: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

12369568621.jpgc7.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati