Toshkent shahridagi birinchi oilaviy mehmon uyi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631 – son qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub’ektlarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan.

Mazkur hujjatning mazmun mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida bir nechta viloyatlarda ilk oilaviy mehmon uylari tashkil qilinib o‘z faoliyatini boshlaganligi ma’lum qilingan edi.

O‘tkazilgan targ‘ibot ishlari natijasida joriy haftada jami 13 ta oilaviy mehmon uylari ro‘yxatga olindi, jumladan Toshkent shahridagi birinchi oilaviy mehmon uyi reestrga kiritilib o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kunda respublikamizda oilaviy mehmon uyi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari soni 36 taga etib ular tomonidan bir vaqtning o‘zida 300 ga yaqin mehmonga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Yuqoridagi Qarorga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ochilgan oilaviy mehmon uyi 3 nafargacha xodim yollashi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

photo_2018-10-09_09-09-36.jpgphoto_2018-10-09_09-09-38.jpgTurizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati