Tadbirkorlik subyektlari uchun biznes loyiha

djq-i_640x360.jpg

Tomosha minorasi haqida eshitganmisiz? 

Tomosha minorasi bu - sayyohlik atraksioni, u bilan tepaga ko’tarilish mumkin va shaharning muayyan sayyohlik hududini yoki istalgan boshqa bir qismini 50-70 metr balandlikdan tomosha qilish mumkin. Tomosha minorasi bu yana Sayyohlar uchun unutilmas foto va video lavhalar yaratishga jalb qiladigan sayyohlik obekti hisoblanadi.

 

Minora bir necha afzalliklarga ega bo’ladi:

- Minora kabinasi tepaga ko'tarilish va pastga tushishining butun davrida sayyohlarga bevosita oldida paydo bo’ladigan chiroyli panoramadan zavqlanishga imkon beradigan qulay o’rindiqlarga ega;

- Minorani o'rnatish uchun 100 kvadrat metrlik kichik maydon zarur bo'ladi. Bu muayyan sayyohlik hududiga yaqin joyda yoki shaharning binolari zich joylashgan, rivojlangan sohalarida minorani o'rnatish kerakligidan darak beradi;

- Minorani o'rnatish uchun qurilmaning poydevorini qurish ham talab qilinmaydi.

Minora kabinasi bir vaqtning o'zida vertikal yuqoriga harakatlanadi va o’sha vaqtda o’z o’qi atrofida yana 360 gradus bo'ylab aylanadi.

- Beshta asosiy Evropa tilida ishlaydigan ovozli tizim (audio qo'llanma) (ularning ishi minora kabinasining aylanish burchagi o'zgarishi bilan sinxronlashtiriladi);

- Video tasvirga olish uchun kamerani minora kabinasining tashqi shishasiga joylashtirish mumkin. Minoraga tashrif buyuruvchilar ko'tarilish vaqtidagi his-hayajonlarini video tasvir va noodatiy tarzda yaratilingan rasmlarga muxrlab qo’yishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Minora orqali tashrif buyuruvchilar o’sha shaharning yillar davomi qanday o’zgarganini ham solishtirishlari mumkin;

- Kabinada iqlimni boshqarish tizimi bor. Bu esa minoraga tashrif buyuruvchilarga doimiy qulaylik yaratadi va yana yilning to’rt faslifada ham minoraga sayyohlarning tashrifini ta’minlaydi.

Minoraning tashqi ko’rinishiga to’xtaladigan bo’sak rang sxemasi uning ustunlari osmon bilan birlashishi va shisha landshaft ko'rinishini o'zgartirmasligi uchun tanlanadi.

Shaharlarda bunday inshoatlarni o'rnatish quyidagilarga imkon beradi:

- Sayyohlar tashrifini oshishini ta’minlash;

- Mahalliy aholi uchun qo'shimcha ish o'rinlari yaratish;

- Mahalliy byudjetlarni to'ldirish;

Ushbu loyiha shaharning diqqatga sazovor joylarini saqlab qolish, himoya qilish va rivojlantirish o'rtasidagi muvozanatni ta'minlaydi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak bo’ladi:

- Katta ta'mirlashni talab qiladigan bir va ikki qavatli binolarni sotib olish sharti bilan, ularni rekonstruktsiya qilishning yana bir imkoni yoki 200 dan 700 kvadrat metrgacha bo'lgan er uchastkasi, shaharning tarixiy qismlarida joylashgan yoki ijara shartnomasi asosida sotib olish shartlari bo'yicha olish.

 

djq-i_640x360.jpg

 

Agarda loyiha sizda qiziqish uyg’otgan bo’lsa ishlab chiqaruvchiga murojaat qilishingiz mumkin:

EEC «SARMAT», Ukraine, 21100, Vinnitsa, Khmelnitskoe shosse, 82

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

Городской тел. +380 432 56 01 70, тел. моб. 1380674650216

http://zavodanalog.com

 

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan