Soha rivojidagi ishlar ko’lamini oshirish yo’lida

9b488d6a-cfff-4253-b461-e52f98c5cf06.jpg


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017-2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilingan edi.


Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash hamda yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Urganch shahridagi temir yo’l vokzalida vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlarga o’zlari uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun tashkillashtirilgan turistik ma’lumot markazi ayni shunday ishlarning bir na’munasi desak xato qilmaymiz. Endilikda ma’lumot markazi orqali mehmonlarimiz aviachiptalar, temir yo’l biletlari narxlari va ularni band qilish, mehmonxonalar haqida to’liq ma’lumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari haqida ma'lumotlar olish, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taxi chaqirish xizmati, avtotransport vositasitalarini ijaraga olish xizmati, gidlar xizmatlaridan foydalanish va viloyatda o’tkaziladigan madaniy ko’ngilochar tadbirlar haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin bo'ldi.

58cad073-741c-4873-a13e-64734a823319.jpg7662b27a-fe90-4dd8-81a1-89b043fb1067.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan