Sindao shahrida turizmni rivojlantirish bo'yicha sammit

photo_2018-09-07_16-41-26.jpg


Butunjahon Turizm Shaharlari Federatsiyasi «WTCF» 2012 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan. Olti yil davomida azo shaxarlar soni 58ta dan 202gacha ko'paydi, va 66 mamlakat aro o'z ishini kengaytirdi. A’zolar kengayishi bilan, WTCF ishi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e'tirof etildi.


2018-yilning 7 sentyabrida Sindao shahrida turizmni rivojlantirish bo'yicha jahon sammiti tashkil etildi. WTCF sammiti har yili o'tkaziladi, har ikki yilda bir Xitoyda bo'lib o'tadi. Shunday qilib, kelgusi sammitni Xelsinkida, 2020 yil esa yana Xitoyda o'tkazish rejalashtirilgan.
Samarqand ham ilk bor Butunjahon Turizm Shaharlari Federatsiyasi sammitida bu yil qatnashdi. O'zbekiston Respublikasi Samarqand shahri vakili B. Nurullaev WTCF sammitida Samarqand shahrining sayyohlik salohiyatini namoyishi taqdim etdi hamda sayyohlik imkoniyatlari va istiqbollarini ko'rsatib berdi.
Taqdimot so’nggida 2021-yilda o’tkaziladigan ushbu sammitni Samarqand shahrida o'tkazishni taklif qildi.

photo_2018-09-07_16-41-14.jpgphoto_2018-09-07_16-41-35.jpg


Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati