Shahrisabz festivallar shahriga aylanadi

 photo_2018-12-14_14-24-19.jpg

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda Shahrisabzni festivallar shahriga aylantirish haqida eʼlon qildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligiga yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasini ishlab chiqish va ularni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha tegishli topshiriq berildi.

Rejada shuningdek, festival va madaniy-maʼrifiy tadbirlardan tashqari yangi sayyohlik yoʻnalishlarini rivojlantirishni hisobga olgan holda, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Kitob va Qamashi tumanlarida turistik infratuzilma obyektlarini tashkil etish yuzasidan ham koʻrsatmalar berildi.

 

photo_2018-12-14_16-34-54.jpg

 

Bularning barchasi Oʻzbekistonda, xususan, Qashqadaryo viloyatida sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshishiga va mintaqada turistlar soni kun sayin ortib borishiga sabab boʻladi. 

Eslatib oʻtamiz, 13-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan