Sayyohlik salohiyati ulkan mamlakat (4-qism)

Xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi asosiy omillardan biri mamlakatimizda olib borilayotgan festivallar va ko‘rgazmalar hisoblanadi.

2013 yilda “O‘zbekturizm” MK manfaatdor tashkilotlar,  hokimliklar bilan birga “Dam olish dunyosi” birinchi Xalqaro o‘zbek sayyohlik ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Keyinchalik ushbu tadbir doirasida ko‘plab tadbirlar tashkillashtirila boshlandi, jumladan “Osh bayrami” taomlar festivalining tashkil etilishi va sohaga doir ko‘plab seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi festivalga o‘zgacha jozia bag‘ishlay boshladi. Ushbu festivalning yosh bo‘lishiga qaramasdan sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha samarali sayohlik tadbirlaridan biriga aylandi, desak mubolag‘a qilmaymiz.

Ushbu yilda mamlakatimizdan va boshqa xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan turoperatorlar, mehmonxonalar, turizm sohasidagi milliy boshqaruv xodimlari va xususiy kompaniya vakillari ishtirok etdilar va jami 30 mamlakatlardan tashrif buyurgan 147tadan ortiq kompaniyalar o‘z tur mahsulotlarini namoyish etdilar.

Ishtirokchilar mamlakatimizdagi sayyohlik bozori holati va uning salohiyatini  muhokama qilib, yangi bitimlar tuzish, shuningdek mavjud bitimlarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ko‘rgazmaning birinchi kunida Butunjahon turistik tashkilotining “O‘zbekistonda gastronomik turizmning rivojlanish istiqbollari” xalqaro konferensiyasining tashkil etilishi nafaqat mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar uchun, balki xorijiy tursanoati xodimlariga ham gastronomik turizmning bugungi yangi uslublari va undan samarali foydalanish yo‘llari haqida foydali ma'lumotlar berildi.

2016-2917 yilda UNWTO ga a'zo bo‘lgan mamlakatlarning asosiy yo‘alishlari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida, gastronomik turizm dunyodagi eng muhim sayyohlik yo‘nalishlari hisoblanadi.

UNWTO rahbariyati ushbu taklifni qo‘llab  ma'qulladi va uni kelajakda rivojlantirish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatimiz o‘z navbatida ushbu qarorning tashabbuskori sifatida turizmning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha aniq qadamlar qo‘ya boshladi. 

-Gastronomik turizm dunyodagi turizm xarajatlarining taxminan 30 foizini tashkil qiladi, chunki gastronomiya muayyan mamlakatning mahalliy madaniyati va o‘ziga xos an'analarini ko‘rsatib beruvchi asosiy elementlardan hisoblanadi.,-deydi Ispaniyadagi «Aprende de Turismo» kompaniyasi direktori Raul Garsiya Gonsales.

-Aynan turizmning ushbu yo‘nalishida sayyohlar oqimini yanada ko‘proq jalb qiluvchi asosiy salohiyaga ega.

Mamlakatda gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi amaliy qadamlardan biri “Buyuk Ipak yo‘li ta'mi” milliy festivalining o‘tkazilishi bo‘ldi.

Ushbu yilda tadbir doirasida respublikamizdan tashrif buyurgan eng yaxshi oshpazlar xorijiy mehmonlarga milliy an'analar va o‘zbek oshxonasining pishirilish uslublari bilan tanishtirdilar. Mehmonlar yurtimizning  unutilmas ta'mli taomlarini, jumladan somsa, lag‘mon, oshlar O‘zbekistonga tashrif buyurishning asosiy omillaridan biri ekanligini ta'kidlashdi.

Yana bir yorqin va qiziqali sayyohlik tadbirlardan biri yaqinda Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Ipak va ziravorlar” an'anaviy festivali hisoblanib, u o‘zining unutilmas hidlari bilan butun Buxoro aholisi va mehmonlariga quvonch bag‘ishladi. Dasturda buxoro miniatyuralari, qo‘l mehnatlari, ipak tolalar, naqshdor gilamlarining buxoro ustalari tomonidan tayyorlanganligi butun mehmonlarni o‘ziga jalb qildi. Mamlakatimizda turizmning o‘ziga xos qirralarini yanada kengroq ochish maqsadida “O‘zbekturizm” MK tomonidan doimiy ravishda “Turistik tadbirlar taqvimi” tuzildi va muntazam ravishda yangilanib borilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida kompaniyaning rasmiy saytida 2015 yil tadbirlar taqvimining taxminiy versiyasi paydo bo‘ldi. 2015 yilda esa welcomeuzbekistan.uz saytida tur kompaniyalarning takliflari bilan -birga taqvimning yakunlangan varianti nashr qilindi.

Aytgancha, 2013 yilda tashkil etilgan  welcomeuzbekistan.uz sayti bugunda butun turkompaniyalar, turistlar, sayyohlik xizmatlari va umuman sayyohlarga taaluqli bo‘lgan barcha ma'lumotlarni jamlashtiruvchi asosiy ma'lumot zahiralaridan biri hisoblanadi. Oltita tilda, jumladan rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, koreys tillarida yuritilayotgan ushbu saytda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha tarixiy yodgorliklar, ko‘zga ko‘ringan joylar, aholi an'analari, dam olish maskanlari to‘g‘risida ma'lumotlar olish imkoniyati mavjud. Sayt yapon, xitoy va italyan tillarida yuritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Aleksandra Orlova.

«Pravda Vostoka» gazetasi muxbiri .

“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati.