Sayyohlik salohiyati ulkan mamlakat (3-qism)

2014 yilda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar bo‘ldi, - desak adashmaymiz. O‘zbekiston xalqaro sayyohik maydonida yetakchi o‘rinlardan birini egallay olishini yana bir bor namoyish qildi.

Sayyohlik tashkilotlari dunyodagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, tadbirga tashrif buyurganlarda katta taasurot qoldirdi.  O‘zbekiston milliy stendi Madrid, Berlin, Moskva, Parij, Rim va Tokioda bo‘lib o‘tgan mashhur ko‘rgazmalarning eng yorqin namoyishiga aylandi.

Ko‘rgazmalarda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi o‘zining boy sayyohlik salohiyatini namoyish qilibgina qolmay, ko‘rgazma doirasida YUNVTO rahbariyati bilan kelishuvlar olib bordi va boshqa dunyodagi boshqa sayyohlik tashkilotlari bilan har xil kelishuv bitimlarini imzoladilar.

Ushbu yilning boshida “O‘zbekturizm” MK «FITUR-2015» (Ispaniya), «EMITT 2015» (Turkiya) va «ITB 2015» (Germaniya) kabi o‘nlab xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etdi. Birgina, “FITUR-2015” ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lida” nomi ostidagi namoyishi eng yaxshi  milliy stend namoyishi bahosini olishga sabab bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy yodgorliklari va o‘zbek xalqining an'analari bilan to‘liq tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

- O‘zbekiston – sivilizatsiya beshigi hisoblanib, dunyodagi sayyohlarning eng ardoqli joylaridan hisoblanadi, - deya ta'kidlaydi Ispaniya tur kompaniyalaridan biri “Irbis Viajes” Luis Martines. – O‘zbek xalqining ochiqligi va mehmondo‘stligi mehmonlarda unutilmas taasurotlar qoldirdi. Ayniqsa BMTning Butunjahon sayyohlik tashkilotining Ijro kengashining 99-sessiyasi yuqori darajada o‘tkazilganligi jahon turizm boshqaruvining alohida e'tiboriga sazovor bo‘ldi.

Aprel oyida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati Indoneziyada bo‘lib o‘tgan sayyohlik ko‘rgazmasida, shuningdek Singapurdagi  Natas Fair 2015 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida namoyish etilib, mamlakatimizning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida  kengroq ma'lumotlar berildi va natijada sayyohlarning sezilarli darajada ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

Davomi bor...

«O‘zbekturizm» MK matbuot-xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan