Sayyohlik salohiyati ulkan mamlakat (2-qism)

Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Masalan yanvar oyida Fransiyalik  jurnalist Mari-Anjelik Ozanning  Le Figaro Magazine  jurnalida chop etilgan “O‘zbekiston: hunarmandlar  karvoni” maqolasida mamlakatimizda mavjud bo‘lgan boy meros to‘g‘risida qiziqarli ma'lumotlar  ko‘rsatilgan.

- O‘zbekiston nafaqat o‘zining ajoyib arxitekturasi, balki bebaho milliy hunarmandchilik san'ati, keramika, oltin va boshqa qimmatbaho toshlardan yasalgan buyuk san'at asarlari, shuningdek boshqa mamlakatlarda topib bo‘lmaydigan matolari bilan mashhurdir,-deya tasvirlaydi maqola muallifi.  

Jurnalistning fikricha, mamlakatda mavjud bo‘lgan ajoyib manzaralar, sharqona ruhda qurilgan binolar dunyoning turli burchaklaridagi sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi,-deya yoziladi maqolada.

Le Figaro Magazine ning O‘zbekistonga sayyohati Toshkentdan boshlanib, Buxoro, Xiva, Samarqand shaharlari kabi “”Buyuk Ipak yo‘lining”  madaniy  markazlari bo‘ylab davom ettirildi. Maqola turli rangli sur'atlar, hayratlanarli tarixiy binolar bilan yanada boyitilgan. 

Mamlakatimizdagi sayyohlik salohiyati to‘g‘risidagi nemis OAV sining izohlari ham ko‘plab o‘quvchilar orasida shov-shuvga aylandi. Mashhur  Südwest Presse gazetasida turli rangli rasmlar bilan nashr qilingan maqolada respublikaning turli hududlarida mashhur tarixiy yodgorliklar haqida gapirilib o‘tilgan.

Maqola mualliflarining asosiy e'tibori Respublikada istiqomat qiluvchi turli millat vakillari orasidagi do‘stlik va o‘zaro munosabatni mustahkamlash bo‘lgan urinishlarga yuksak baho berilgan.

Germaniyada eng ko‘p o‘quvchilarga ega bo‘lgan ReiseTravel axborot portalida, jurnalistlar Toshkentning zamonaviy ko‘rinishi, yirik megapolislari to‘g‘risida gapirar ekan, u G‘arb va Sharq  an'analarini o‘z ichiga olgan haqiqiy ko‘pmillatli makondir,-deya izoh beriladi mamlakatimizga.

Ayniqsa maqolada o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilgan vosita Toshkent bozorlari tasviridir. Maqolda “O‘zbekiston poytaxtidagi bozorlarda hayot qaynaydi”-, deydi muallif.

O‘zbek zaminida mavjud bo‘lgan mevalar, sharqona ziravorlar, oziq-ovqatlar, ayniqsa o‘zbek noni zaminga tashrif buyurgan sayyohlarga unutilmas daqiqalarni hadya qiladi,-deya fikr beriladi maqolada.

Bozorlarni husniga husn qo‘shuvchi suvinerlar haqida to‘xtalib o‘tar ekan, muallif O‘zbekistonda suvinerlar shunchalik xilma-xilki, bu kabi ajoyib suvinerlarni boshqa mamlakatlarda ularni uchratish qiyin,-deya baho beradi.

Ushbu yilning mart oyida “O‘zbekturizm” MK va mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tur firmalar yordamida  tashkil etilgan “Mega-info-tur” loyihasi doirasida 158 dan ortiq xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Gullab-yashnayotgan mamlakatimiz to‘g‘risidagi keyingi OAV materialining dunyoga kelishini kutib qolamiz.

Davomi bor...

«O‘zbekturizm» MK matbuot xizmati