Sayyohlik salohiyati ulkan mamlakat

UzbekistanlogoOxirgi 3-4 yilda yilda  mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar miqdori 30 foizga oshganligi va sohadagi eksport miqdori 3 barobarga ko‘payganligining asosiy sabablaridan biri milliy sayyohlik xizmatlarining dunyo bozorida keng targ‘ib qilinishi hisoblanadi.  Yildan yilga festivallarning ko‘p miqdorda  o‘tkazilishi, yangi mashrutlarning ochilishi, o‘zbek oshxonasining xilma-xilligini ko‘rsatib beruvchi tadbirlar, xalqaro va mahalliy darajada o‘tkazilayotgan konferensiyalar, suratga olinayotgan telefilmalar, sayyohlik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning sa'y-harakatlari bilan bugun yurtimiz sharq ruhiga to‘lgan eng go‘zal  sayyohlik mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Birgina 2011 yildan boshlab,  xorijiy OAV xodimlarining vakillari va sayyohlik kompaniyalari hamkorligida tashkil etilayotgan ta'sirli loyihalardan biri “Mega info-tur” ning tashkil etilayotgani, dunyoda yetakchi Ommaviy axborot vositalari, jumladan  Euronews, BS-Asahi, World Travel, Rossiya 1 kanallari bilan birga ishlash imkoniyatini berdi. “Mega-info-tur” loyihasi natijasida – uzoq vaqtdardan beri saqlanib kelayotgan an'ana va urf-odatlarimiz to‘g‘risidagi mualliflik filmlarni translyatsiya qilindi. YAqinda mamlakatimizga tashrif buyurgan Britaniyaning «Pioneer Productions», s'yomka guruhi «Discovery Networks International» kanali uchun  O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlari to‘g‘risida olinayotgan  hujjatli serialining bir qismi suratga oldi.

Kanal o‘z ichiga 2,8 milliard teletomoshabinlarni qamrab olib, dunyoning 220dan ortiq mamlakatlariga va hududlariga tarqatiladi.

Loyiha “O‘zbekturizm” MK bilan hamkorligida Butunjahon Sayyohlik Tashkilotining(UNWTO) “Buyuk Ipak yili brendini” keng targ‘ib etish maqsadida amalga oshirildi. 

Dunyoning yetakchi telekanallarida faoliyat olib boruvchi BBC2,  ITV i Sky One mashhur teleboshlovchisi, yozuvchisi Devid Baddiel Buyuk Ipak yo‘lida eng mashhur qadimiy shaharlardan biri bo‘lgan Buxoro va uning  beqiyos manzaralari, an'analari va tarixi to‘g‘risida so‘zlab beradi.

S'yomka guruhi tarkibiga  bir qancha mashhur ruknlarni teletomoshabinlarga havola etgan, jumladan Discovery i Chanel 4 kanalidagi  Raging Planet,  Discovery kanali uchun  Wonders of weather, HGTV, How the Universe Works va NOVA kanallari uchun Extreme Homes ko‘rsatuvlarini tayyorlagan jurnalistlarning kirishi, syujetning yuqori darajada suratga olinishini ta'minlanishini kafotlaydi.  Syujet yilning oxiriga qadar efirga uzatilishi rejalashtirilmokda.

«Euronews» yirik xalqaro telekanali bilan hamkorlikning ikkinchi bosqichi doirasida o‘tgan yili YUNVTOning 99-chi sessiyasining ochilish marosimini va mamlakatimizda ulkan sayyohlik salohiyatiga ega bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari to‘g‘risidagi syujetlar efirga uzatilgan bo‘lsa, ushbu yilda Toshkentning beqiyos tabiati va ko‘zga ko‘ringan turistik joylarini targ‘ib etuvchi yangi  “Sity-tour” rubrikasi translyatsiya qilindi. Millionlab teletomoshabinlar Buyuk ipak yo‘lida eng mashhur shaharlar hisoblangan Samarqand, Buxoro va Xiva  qadimiy binolari, o‘ziga xos tabiati va manzaralari kanalning an'anaviy uslubida teletomoshabinlarga havola etildi.

Ushbu reklama kampaniyasi –mamlakatimizdagi boy tarixiy va madaniy yodgorliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni dunyo hamjamiyatiga yetkazishda samarali vosita hisoblanadi, chunki aynan reklama kampaniyasi uchun «Euronews»ning tanlanishi, 155 mamlakatda 14 ta tilda uzatilishi va auditoriyasining o‘ta kengligi hisoblanadi.

Davomi bor...

«O‘zbekturizm» MK matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan