Samarqandga Indoneziya investorlari tashrif buyurdi


photo_2018-12-15_10-49-27.jpg

O'zbekiston bilan Indoneziya o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar, siyosiy va turizm sohalarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ikki mamlakat va hukumatlar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 14-dekabr kuni Samarqand shahriga Indoneziyaning "Sahid Group" tashkiloti a’zolaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish bo'yicha hokimi o'rinbosari v.b. B.Nurullaev kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari tariximiz, xalqimizning mehmon do'stligi hamda boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular qadimiy me'moriy yodgorliklar hamda obidalarga, Jumladan, "Imom al-Buxoriy" majmuasiga tashrif buyurishdi.

photo_2018-12-15_10-49-30.jpg

 

Kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish bo'yicha hokimi o'rinbosari B.Nurullaev hamda Turizm departamenti direktori F.Xushvaxtovlar bilan uchrashib, tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida turli turizm infratuzilmalarini yaratish hamda ichki turizmni jadal yo’lga qo’yish, masalalari yuzasidan suhbatlashishdi.

photo_2018-12-15_10-49-29.jpg

photo_2018-12-15_10-49-25.jpg

Shundan keyin mehmonlar Samarqand shahridagi “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Universtetitda delegatsiya a’zolari “Turizmni rivojlantirish-dolzarb vazifa” mavzusida seminar o’tkazishdi.

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati