Joriy yilning 14-dekabr kuni Samarqand viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini qabul qilish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar koʻrib chiqildi va ularni qisqa muddatlarda yoʻlga qoʻyish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilishda viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.b. B. Nurullayev, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti direktori F. Xushvaxtov, tuman hokim oʻrinbosarlari, tijorat banklari rahbarlari va turistik subyekt rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda yana mehmonxona biznesi, rekreatsion va yoʻl boʻyi infratuzilmasi masalalari yuzasidan ham qator takliflar bildirib oʻtildi. Tadbirkorlik subyekti rahbarlari oʻzlarining biznes loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kerakli savollarga javob olishdi.
Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati