Oʻzbekistonga viza kerakmi, Muammosiz!

DES_7180_5.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 4 maydagi “Oʻzbekiston respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 15 iyuldan boshlab yurtimizga sayohat qilish istagini bildirganlar uchun Oʻzbekistonga kirish vizalarini elektron tarzda toʻldirish va taqdim etish tizimi ishga tushgan edi.

“Sayohat hayotimizni unutilmas hislarga toʻldiradi, Oʻzbekistonning boy turistik salohiyati esa hech bir sayyohni befarq qoldirmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Qoʻmitasi tashrif buyuruvchilar yurtimizda oʻzlarini har tomonlama qulay his qilishlari uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Vizani qoʻlga kiritish omili oʻta muhim, chunki ayni shu jarayonda tanlagan davlat haqida dastlabki taassurotlar paydo boʻladi. Elektron vizalar tizimi joriy etilganidan soʻng, Oʻzbekistonga sayohat uyushtirish yanada osonlashdi. Chunki endi bu jarayon uchun bir necha daqiqa vaqt sarflanadi va 2 ish kuni ichida hujjatni qoʻlga kiritish mumkin. Uni telefonga saqlab olishning oʻzi ham kifoya. Dastlabki oyning oʻzidayoq 8 mingdan ortiq sayyoh ayni xizmatdan foydalanishdi. Biz barchani Oʻzbekistonda kutib qolamiz”-deydi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B. Umarov.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan