O‘zbekistonda turizm vazifalari va istiqbollari muhokama qilindi

Uzbekistanlogo2Toshkent shahrida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida   “O‘zbekistonda turizm rivojlanishining istiqboldagi  vazifalari”  mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik  partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a'zolari, partiya faollari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «O‘zbekturizm», “O‘zbekiston havo yo‘llari”, «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalari va boshqa vazirlik, idoralar mas'ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ta'kidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida barcha sohalar qatorida milliy turizmni rivojlantirish borasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston sayyohlik industriyasi jadal rivojlantirish imkoniyatlariga ega mamlakat hisoblanadi. Yurtimizning sayyohlik ko‘lami kengligi, tarixiy qadamjolari va madaniy meros ob'yektlarining ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n davlatdan biridir. O‘tgan yili Samarqand shahri jahondagi albatta borib ko‘rish shart bo‘lgan ellikta shahar qatoridan o‘rin oldi. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi 2014 yilda Samarqand shahrida o‘tkazildi va anjuman qatnashchilari mamlakatimiz sayyohlik salohiyati, mavjud imkoniyatlar bilan tanishib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Unda Sarvar O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi Otamuratov so‘zga chiqib, soha faoliyatini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratilgani, mamlakat miqyosida va har bir hudud bo‘yicha maxsus davlat dasturlarining ishlab chiqilgani va amalga oshirilayotgani bugungi natijalarning muhim omili bo‘layotganligini alohida ta'kidladi.

Bundan tashqari  tadbirda “O‘zbekturizm” MK, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vzirligi vakillari so‘zga chiqib bugun turizmni rivojlantirish yo‘lida turgan ayrim masalalarga, jumladan vizani soddalashtirish yo‘llarini o‘ylab topish, bu borada kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi.

Xususan, partiya sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanishini, sayyohlar uchun mo‘ljallangan ob'yektlarning har tomonlama maqbul bo‘lishini, transport va mehmonxona xizmatlari, sayyohlik logistikasi bilan bog‘liq barcha xizmatning qulayligini, turizm industriyasi xizmatining turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni ta'minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilaayotganligi ta'kidlandi, .

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar kun tartibidagi mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Shu bilan birga, davra suhbatida O‘zMTDPning mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish va uning huquqiy asoslarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

 

«O‘zbekturizm» MK matbuot xizmati

 

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan