O'zbekiston Turistik brendi logotipini qo'llash bo'yicha imtiyozlar

logo-uzbekistan.pngO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3514-sonli qarorining
8 bandiga muvofiq, 2018 yil 10 fevraldan boshlab 3 yil muddatga turizm sohasida faoliyat ko’rsatadigan subyektlarning soliq solinadigan bazasi O’zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo’lgan bosma mahsulotlarni (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, g’iloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar) tayyorlash va chop etishga yo’naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.

Ushbu imtiyoz chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etiluvchi xarita va tarqatma materiallar, qolaversa sayohatdan kichik esdalik sifatida taqdim etiladigan O’zbekiston logotipi tushurilgan sovg’alar taqdim etishni yo’lga qo’yish yo’li orqali nafaqat sayyohlik sohasini rivojlantirishga, qolaversa tadbirkorlik subyektlari uchun iqtisodiy barqarorlik yaratish va ma’lum miqdorda foyda olishning garovidir. Bu esa o’z navbatida sohaga bo’lgan e’tiborning yanada kuchayishiga va tadbirkorlik subyektlarini sohaga jalb etishga turtki bo’luvchi asosiy omillardan biridir.123.jpg

Shuningdek, mazkur qarorning 10 bandiga muvofiq, turizm obyektlari (me’moriy yodgorliklar va boshqalar) hamda infratuzilmalari (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo’nalishlar va boshqalar) joylashgan joylarning belgi-ishoralari va ko’rsatkichlarini o’z ichiga olgan tematik turistik xaritalar adadini ko’paytirish va ularni tarqatishga kartografiya ishlarini amalga oshirish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olinishi talab etilmaydi.

Bu esa o'z navbatida sayyohlarga nafaqat turistik markazlarda yo'l topishda, balki sayohatlarni tashkil etishda yordam beruvchi sayyohlik haritalari va qo'llanmalar yetishmasligi muammolarini hal etadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati