O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi ogohlantiradi!

ULUSOY.jpg

O’zbekiston Respublikasida Turkiyaga sayyoh sifatida, ta’til – dam olish maqsadida yo’l olayotgan o’zbekistonlik sayyohlar soni so’nggi yillarda ortib bormoqda. Ta’til uchun sayyohlar eng ko’p boradigan shaharlar Istanbul, Bodrum va Antaliya shaharlaridir. O’tgan yildan boshlab yozgi ta’til vaqtlari Toshkent va Antaliya o’rtasida O’zbekiston havo yo’llarining charter reyslari ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, joriy yilning 23 may sanasidan 19 sentyabr sanasigacha 57 ta charter reyslar amalga oshirildi.

Hozirgi kunda O’zbekiston va Turkiya o’rtasida O’zbekiston havo yo’llari va Turliya havo yo’llarining haftasiga 18 ta havo qatnovi yo’lga qo’yilgan (Toshkent va Samarqand shaharlariga).
So’nggi vaqtlarda Turkiyaning dengiz sohilida joylashgan ta’til – dam olish maskanlaridagi shaharlarida Istanbul shahridan avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport vositalari bilan qatnayotgan sayyohlar soni tobora ortib bormoqda va turizm mavsumi vaqtida haydovchilarning tezlikni oshirishi, kech vaqtlarda – kechalari yo’lga chiqishi va haydovchilarning avtomobil haydash vaqtida uxlab qolishi sabablari bilan avtohalokatlar soni tobora ortib bormoqda.

Turkiya Respublikasi Statistik qo’mitasi chop etgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yilda Turkiya avtomobil yo’llarida 1 202 716 avtohalokat sodir bo’lgan bo’lib, 300 383 kishi jarohatlangan va 7427 kishi qurbon bo’lgan. 2017 yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan kishilarning 43,2 foizi haydovchilar, 34,2 foizi yo’lovchilar va 22,6 foizi piyodalardir. Avtohalokatlarning 67,4 foizi kunduz kuni, 30 foizi kechasi va 2,6 foizi kun botganida sodir bo’lgan.

Yuqoridagilarni xisobga olgan holda, shuningdek fuqarolar xafvsizligini ta’minlash va ogohligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Turkiyaga sayyoh sifatida dam olish uchun yo’l olayotgan o’zbekistonlik sayyohlarga imkon qadar Toshkent – Antaliya – Toshkent, Toshkent – Istanbul – Antaliya – Istanbul – Toshkent avia qatnovlari bilan borishlarini, Turkiyaning lengiz sohillarida joylashgan dam olish maskanlaridagi shaharlariga Istanbul shahridan avtobus yoki mikroavtobuslar bilan borish istagi bor sayyohlarga imkon boricha faqat kunduzgi vaqtlarda yo’lga chiqishlarini va haydovchining holati va sog’ligiga e’tibor berishlarini (uzoq yo’llarda qoida bo’yicha ikkita haydovchi bo’lishi kerak) tavsiya etadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan