"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK 50 foizgacha bo‘lgan bayram chegirmalari haqida eʹlon qildi

Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha joriy yilning 30 dekabr sanasidan 3 yanvarga qadar mamlakat ichidagi amalga oshiriladigan barcha reyslarga 50 foizgacha bo‘lgan bayram chegirmalari joriy etilgan. Bundan tashqari, individual yo‘lovchilarga - 30 foiz miqdorda;

Sayyohlik guruhlariga (5 va undan ko‘p bo‘lgan), maktab, kolledj, litsey va OTM talabalariga, O‘zbekiston Respublikasi IIV, Adliya vazirligi, DXX, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus o‘quv muassasalari hamda boshqa idoralar o‘quvchi va tinglovchilariga - 40 foiz miqdorda;

Oilaviy yo‘lovchilarga (2 va undan ko‘p shaxs – er-xotin; er-xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; ota yoki ona 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari bilan) – 50 foiz miqdorda;

Nafaqaxo‘r va nogironligi bo‘lgan shaxslarga – 50 foiz miqdorda;

1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va Chernobilь fojiasining oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashganlar uchun 50 foizlik chegirma taqdim etiladi.

Eslatib o’tamiz chegirmalar ko‘rsatilgan sanalarda faqat ichki reyslarga taqdim etiladi.