O’zbekiston bo’ylab sayohatlar uchun kreditlar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori ijrosi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga O’zbekiston bo’ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun iste’mol kreditlarini ajratish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, hozirgi kunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining olgan ma’lumotlariga ko’ra, tijorat banklari tomonidan aholiga O’zbekiston bo’ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. so’mdan ortiq iste’mol kreditlari ajratilgan. 

Ushbu iste’mol kreditlarini ajratilishi, ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda aholini mamlakatimiz bo’ylab sayyohat qilishga bo’lgan qiziqishlari ortayotganligidan dalolat beradi.
Tijorat banklari tomonidan olingan ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston bo’ylab sayyohlik turlarin sotib olish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari summasi 2019 yilda joriy yilga qaraganda yuqori bo’lishi kutilayotganligi bildirib o’tilgan.

Sizni ham O’zbekiston bo’ylab sayyohat qilishga chorlab qolamiz.

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan