O’zbekiston bo’ylab sayohat qiling!

IMG 20181012 102000

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori doirasida “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” dasturi amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan aholida O’zbekiston bo’ylab sayohat qilish hamda sayyohlik madaniyatini shakillantirish maqsadida respublika bo’ylab targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, mamlakatimizda turizm mavsumi past bo’lgan davri oldidan Qo’mita hamda hamkor tashkilot bilan birgalikda fuqarolarni respublika bo’ylab sayohatga chorlovchi reklama bannerlarini joylarda o’rnatish ishlari boshlandi.

IMG 20181012 095150

 

IMG 20181012 161614 1

“O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” shiori ostidagi reklama bannerlarini joylashtirish ishlari Andijon viloyatida boshlab yuborilgan bo’lib, yaqin kunlarda respublika hududlari bo’ylab markaziy ko’chalar hamda aholi gavjum joylarda
300 ga yaqin reklama bannerlari o’rnatilishi rejalashtirilgan.

Barchangizni O’zbekiston bo’ylab sayohat qilishga chorlaymiz.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati