O’zbekiston bo’ylab sayohat qiling hamda chegirmalarga ega bo’ling!

IMG_20181012_161613_1_2.jpgBugungi kunda, respublikamizning barcha hududlaridagi markaziy ko’chalarida hamda aholi gavjum bo’lgan joylarida “O’zbekiston bo’ylab sayohat qiling!” shiori ostidagi reklama-bannerlarini joylashtirish ishlari boshlangan bo’lib, hozirda 250 dan ortiq bannerlar o’rnatildi hamda ularning umumiy hisobda 320 ta o’rnatilishi kutilmoqda. Ushbu bannerlarda hududlarning turizm salohiyati yoritilib, ularda sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi ob’yektlar joylashtirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu targ’ibot ishlarini olib borishdan asosiy maqsad, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan mahalliy aholining maroqli dam olishlarini tashkillashtirish hamda turistik mavsum sust  bo’lgan davrda turizm ob’yektlarining bandligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, respublika bo’ylab  joylarda aholiga o’z xizmatlarini ko’rsatishda chegirmalar joriy qilinganligini bildirgan turizm sohasi ishtirokchilari, ya’ni mehmonxonalar, transport tashkilotlari va umumovqatlanish maskanlari ro’yhatlari shakllantirilganligi haqida axborot berildi.

Respublika bo’ylab chegirmalar taqdim etgan mehmonxonalarning umumiy soni 123 tani, transport tashkilotlari soni 54 tani hamda umumiy ovqatlanish (restoran) maskanlari soni 90 tani tashkil etganligi davlat va xususiy sektor o’rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganligidan va tadbirkorlarning turizm mavsumi sust davridan oqilona foydalana boshlaganidan dalolat beradi.

Chegirmalar haqida batafsil ma’lumotlarni Qo’mitaning www.uzbektourism.uz rasmiy web sahifasi hamda 71 233-67-19 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

IMG_20181012_161613_1_2.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan