O‘zbekiston 2015 yil JATA Tourism EXPO Japan xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etish uchun faol tayyorgarlik ko‘rmoqda

Uzbekistanlogo“O‘zbekturizm” MK mamlakatimizda xorijiy sayyohlarni jalb qilish uchun sayyohlik mahsulotini keng targ‘ib etish strategiyasini  faollik bilan amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda JATA Tourism EXPO Japan 2015 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishni samarali ta'minlash maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot: JATA Tourism EXPO Japan 2015 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi 24 - 27 sentyabrga qadar Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladi. Ko‘rgazma Tokioning “Tokyo Big Sight”  ko‘rgazma zalida o‘tkaziladi .

Ko‘rgazma tashkilotchilari sifatida  Yaponiya sayyohlik agentligi assossiatsiyasi (JATA), Turizm bo‘yicha sayyohlik assotsiatsiyasi (JTTA) lari ishtirok etmoqdalar.  Ko‘rgazmaning rasmiy auditiga muvofiq JATA-2014da 589 nafar ishtirokchilar kelgan bo‘lsa, dunyoning 151 ta mamlakatlaridan 1000 dan ortiq sayyohlik tashkilotlar qatnashidlar.

Ko‘rgazmada mamlakatimiz o‘zining milliy ruh berilgan zamonaviy va qadimiy dizaynni o‘zida mujassamlashtirgan stend namoyish etiladi.

Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy stendining ishtiroki barcha manfaatdor sayyohlik tashkilotchilariga, firmalariga, kompaniyalariga yangi hamkorlar topish, Yaponiya va boshqa xorijiy turoperatorlar bilan hamkorlikni yanada ko‘chaytirish, O‘zbekistonga sayyohlarni yanada kengroq jalb qilish borasida yangi kelishuvlar o‘rnatish uchun ahamiyatli tadbir hisoblanadi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish qoidlari:

Ko‘rgazma ishtirokchilari ko‘rgazmani tashkil qilayotgan tashkilotchi mamlakatga tashrif buyurish va yagona milliy stendni tashkil etish bo‘yicha bo‘yicha xarajatlarni o‘z bo‘yniga oladilar. Stendni tashkil etish bo‘yicha to‘lov o‘lchovi ko‘rgazmada arendaga olinayotgan maydon, uning dizayni va eksponentlarning miqdoriga bog‘liq.

Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida  mulkchilik shaklidan qa'tiy nazar sayyohlik litsenziyasiga ega bo‘lgan barcha sayyohlik tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etishni rejalashtirayotganlar uchun  qo‘yidagi imtiyozlar beriladi:

- Har bir kompaniyadan ikki kishiga “O‘zbekiston xavo yo‘llari” MAK dan yo‘l xarajatlari uchun imtiyozlar.

- Reklama mahsulotlarini o‘z ichiga olgan qo‘shimcha yuklarni olib borish.

-Ko‘rgazma maydoni uchun ijara haqidan ozod etiladi.

- Chiqish vizasini olish uchun ko‘mak ko‘rsatiladi.

Boshqa barcha qo‘shimcha savollar bo‘yicha “Buyuk Ipak Yo‘li” Reklama agentligiga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel.: 233-11-68, 236-28-44 Faks: 233-33-69

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

www.tourfair.uz, www.welcomeuzbekistan.uz

 

«O‘zbekturizm» MK matbuot xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan