"Madaniy merosni asrab-avaylash - Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashdagi muhim hissa” mavzusida Xalqaro seminar oʻtkazildi

photo_2018-09-14_11-50-20.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va YETTB tomonidan “Madaniy merosni asrab-avaylash - Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashiga muhim hissa” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi.


Bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan turizmni rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan shahar infrastrukturasiga oid loyihalar ham mutasaddi idoralar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
YETTB milliy, submilliy va xususiy loyihalarni moliyalashtirish uchun kross-sektoral dastur – “Madaniy merosning Asosiy konsepsiyasi” loyihasini maʼqulladi. Mazkur loyiha bir necha davlatlarda test tartibida yoʻlga qoʻyildi. Ular orasida boy tarixiy-madaniy merosga ega qadimiy mamlakat sifatida Oʻzbekiston ham kiritildi.
Tadbirning asosiy vazifasi YETTBning Asosiy konsepsiyasida taklif etilgan Oʻzbekiston boʻyicha muhim yoʻnalishlarni belgilab olish, muhokama va implementatsiya qilish uchun tomonlarni va jamoatchilikni jalb etish.
Seminarda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi birinchi oʻrinbosar v.b. Ulugʻbek Qasimxodjayev, BJTT “Ipak yoʻli ofisiʼʼ UK direktori Mirtolib Mirzahidov, YETTB bosh bankiri Koʻchmas mulk va turizm departamenti direktori oʻrinbosari Marilena Vuiu, London kollej Universiteti arexologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi va loyiha menejeri, merosni boshqarish boʻyicha konsultant doktor Gaygizis Jorayev, shuningdek, BMT Butunjahon turizmni rivojlantirish tashkilotidan vakillar ishtirok etishdi.
Bundan tashqari turli mavzulardagi seminarlar 15 sentyabrda Buxoroda, 16, 17, 18 sentyabr kunlari Xivada va 19 sentyabr kuni yana Toshkentda boʻlib oʻtadi. UNWTO menejeri Vanessa Satur ham Xivadagi seminarda qatnashishi kutilmoqda.

photo_2018-09-14_11-50-28.jpgphoto_2018-09-14_12-25-15.jpgphoto_2018-09-14_12-26-02.jpgphoto_2018-09-14_12-33-33.jpgphoto_2018-09-14_12-33-35.jpgphoto_2018-09-14_12-33-37_2.jpgphoto_2018-09-14_12-33-37.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati