“Go On travel magazine” jurnalida O’zbekiston haqida maxsus son nashrdan chiqdi

photo_2018-12-05_14-21-28.jpg

“Go On travel magazine” nashrining noyabr oyidagi 46-sonida Toshkent, Samarqand, Buxorodagi tarixiy obidalar haqida batafsil ma’lumotlar o’rin olgan. Jurnalistlar tomonidan O'zbekiston o'zining nechcha ming yillik boy, qadimiy tarixi, arxitektura va madaniyati, betakror tabiati, noyob yodgorliklari bilan dunyo sayyohlari va Janubiy Koreyalik sayyohlarning ham diqqatini o’ziga jalb etib kelinayotgani haqida fikr bildirib o’tilgan.

Yurtimizning Turizm salohiyati yildan yilga ortib bormoqda va buni biz har yili yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini ortayotganidan ham bilib olishimiz mumkin. Sayyohlar sonini ortishiga sabab bo’ladigan eng asosiy omillardan biri bu sifatli hizmat ko’rsatish va mahsulotlarni yaxshi reklama qilishdir. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qoʻmitasi hamkorlikda xorijiy mamlakatlar OAV lari, hususiy nashrlar va internet saytlari O’zbekistondagi turizm manzilgohlari haqida juda ko’p video, audio va bosma materiallarni tayyorlashmoqda. Bunga misol qilib Janubiy Korea Respublikasining “Go On travel magazine” nashrini keltirishimiz mumkin. 

Janubiy Korea Respublikasining “Go On travel magazine” nashrida dunyoning turistik shaharlaridan olingan betakror suratlar va bir-birini takrorlamaydigan qiziqarli ma’lumotlarni olish mumkin. O’ttiz ming addatda chop etiladigan “Go On travel magazine” oyda bir marta nashrdan chiqadi. Nashr ma’lumotlari 500.000 dan ortiq elektron axborot manbalari orqali keng ommaga e’lon qilinadi. Bu jurnalni kitob do’konlaridan tashqari jamoat joylarida xususan, mehmonxonalar, kafelar, shifoxonalar, avtobus bekatlari, temir yo’l vokzalidan ham toppish mumkin. Shuningdek bu nashr Janubiy Koreadagi “Korean No.1”, “Naver”, “Ilyo-Seoul”, “Travel-Chosun” va boshqa yirik biznes kompaniyalar uchun ishonchli va asosli ma’lumotlar manbaasi bo’lib hizmat qiladi.

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan