Ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish yo’lidagi qadamlar

photo 2018-10-12 17-09-19O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qaror ijrosi doirasida ichki turizmni rivojlantirish, aholini mamlakatimiz bo’ylab sayohatlarini tizimli ravishda amalga oshirish hamda turizm mavsumi davomiyligini ta’minlash yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi bir qancha tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda 2019 yil davomida turizm mavsumi past bo’lgan davrlarda tashkilotlarning turli tadbirlari , seminar-treninglar, forumlar 

(MICE tourism) va boshqa turdagi tadbirlarni nafaqat Toshkent shahrida balki asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda keng ko’lamda o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Hususan, xozirgi kunga qadar 15 dan ortiq tashkilotlar tomonidan “Jismoniy shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish” mavzusidagi seminarlar, yil yakuni bo’yicha hisobot yig’inlari, “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi va boshqa turdagi mavzulardagi jami 54 ta tadbir o’tkazilishi hamda ularda 6400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi rejalashtirilmoqda. Hamkorlik ishlari davom etayotganligidan kelib chiqqan holda, 2019 yilda o’tkaziladigan shu turdagi tadbirlar va ishtirokchilar soni ko’payishi kutilmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkilot va idoralar tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarni Respublikaning turli hududlarida va turizm mavsumi past bo’lgan davrlarda tashkillashtirayotganligi hamda turizm infrastrukturasi bandligini ta’minlashda qo’shayotgan hissalarini yuqori baholaydi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan