Internet tarmoqlarida “O’zbekiston-Xiva, Sahro Darvozasi” nomli videorolik paydo bo’ldi

 Millatimiz tarixining tirik timsollaridan biri hisoblangan Xiva shahrini butun dunyoga ko’rsatish uchun tashrif buyurayotgan chet-ellik ijodkorlar soni ham yildan-yilga oshib bormoqda.

 Ana shunday ijodiy guruhlardan biri Belgiya vakillari bo’lib, ular Markaziy Osiyo mintaqasida 2500 yillik tarixga ega bo’lgan Xiva tarixi, madaniyati haqida hikoya qiluvchi “O’zbekiston-Xiva, sahro darvozasi” nomli keng hajmli videorolikni tasvirga oldilar.

Ushbu videorolik mualliflari Thierry Perouse, Antonio Buscardinilar “Ertaklar shahri”ga bo’lgan sayohatlari va taassurotlarini zavq bilan tasvirlaganlar.

Shu paytgacha ushbu videorolikni ko’rishga ulgurgan butun dunyo tomoshabinlari qadimiy Xiva shahriga kelish istagi borligini bildirmoqdalar. 

Bunday targ’ibot ishlari vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimining yanada ko’payishida muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

 

 Videorolik: "Embarquement: Ouzbékistan - Khiva, la porte du désert" 

https://youtu.be/sNRUExebDj0

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan