Indoneziyadagi O'zbekiston turizmini rivojlantirish bo'yicha faxriy sayyohlik elchisini taqdirlash marosimi haqida

 

photo_2018-11-29_14-58-26.jpg

  29-noyabr kuni Ichan Qal'a mehmonxonasining konferensiyalar zalida Margianti xonimga "Indoneziyadagi O'zbekiston turizmini rivojlantirish bo'yicha faxriy sayyohlik elchisi" rasmiy diplomi topshirildi. Tadbir davomida O'zbekiston va Indoneziya o'rtasidagi do'stlik aloqalarini mustahkamlash, har ikki mamlakat hamkorligida sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, turizm, oliy ta'lim sohalarida hamkorlik qilish bo'yicha istiqbolli loyihalar yuzasidan Margianti xonimning taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

 2016-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan "O'zbekiston Respublikasi sayyohlik industriyasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmon imzolandi. 2018-yilga kelib ushbu chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlashda ijobiy natijalarga erishilayotganini ko’rishimiz mumkin. Xususan, joriy yilning 10 oyi mobaynida yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 4,4 million kishini tashkil etadi, bu esa 2017 yilga nisbatan 2,2 millionga ko’p degani, yil yakuniga kelib ushbu ko'rsatkich 5 milliondan oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga ushbu Farmon O'zbekistonda kirish turizmining rivojlanishiga ham katta turtki bo'ldi:

Joriy yilning 10-fevralidan boshlab 7 ta mamlakat fuqarolariga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi, shu jumladan Indoneziyaga ham;

• 50 ta mamlakat fuqarolariga kirish vizalarini olish uchun soddalashtirilgan tartib joriy qilindi;

• 101 ta mamlakat fuqarolari uchun tranzit vizalari kiritildi;

• Yurtimizga tashrif buyuruvchilar uchun E-viza tizimi ishga tushirildi.   

photo_2018-11-29_14-58-23.jpg

 Turizm sohasini rivojlantirish maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sohada yetuk va tajribali mutaxassislar tayyorlashdagi hamkorlikni rivojlantirish va qolaversa yurtimizning turizm salohiyatini chet elda keng targ’ib etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashabbusi bilan yangicha yondashuv asosida “Tourism brand Ambassador of Uzbekistan(Xorijiy mamlakatlardagi O'zbekiston turizmini rivojlantirish bo'yicha sayyohlik elchisi)” instituti joriy qilina boshlandi. Hozirgi kunga kelib Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Qozog'iston va boshqa mamlakatlarda O'zbekiston turizmini rivojlantirish bo'yicha xorijiy mamlakatlardagi sayyohlik elchilari tayinlangan. 

Shu maqsadda Indoneziyada O’zbekiston turizmini rivojlantirish bo'yicha davlat qo'mitasining faxriy lavozimiga Indoneziyaning eng yirik xususiy universiteti Gunadarmaning rektori va Indoneziyadagi Indoneziya-O'zbekiston Do'stlik hamjamiyati raisi professor Eko Shri Margianti tayinlandi. 2018-yilda Margianti Sh.E. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy professori unvoniga sazovor bo'lgan. So'nggi uch yil mobaynida o'zbek olimlari bilan birgalikda ikkita monografiya va o'ndan ortiq ilmiy maqolalar chop etganlar. Monografiyalar asosan Indoneziyadagi bosmaxonalarda nashr etilgan. 

photo_2018-11-29_14-58-24.jpg

 Ma’lumot o’rnida Indoneziya aholisi jihatdan eng ko'p musulmonlar yashaydigan mamlakatdir va bu davlatning fuqarolari O'zbekistonning islom madaniyati merosiga katta qiziqish bilan qarashadi. Indoneziya davlati shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda keng reklama kampaniyasini olib borayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. 

Hozirgi kunda Indoneziya hordiq chiqarish uchun mashhur sayyohlik yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning sayyohlarga xizmat ko'rsatish va ayni shu sohaga kadrlar tayyorlashdagi tajribasi hamda erishgan yutuqlari bizga ham foydalanishga imkon beradi. Ayniqsa, O'zbekistonning turistik infratuzilmasini rivojlantirishda juda qo’l keladi.

photo_2018-11-29_14-58-25.jpg

  photo_2018-11-29_14-58-39.jpg

 Malumot uchun: Gunadarma universiteti 2010 yilda O'zbekiston bilan hamkorlikni boshlagan. Avvaliga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiali bilan keyinchalik sobiq Toshkent avtomobil va yo'llar instituti (2010) bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Bugungi kunda Toshkent Sharqshunoslik instituti, Arxitektura va qurilish instituti, Kimyo texnologiyalari instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Chet tillari instituti, Farg'ona davlat universiteti va Politexnika instituti bilan yaqin hamkorlik o'rnatgan.

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati