Ichki turizmda chegirmalar eʼlon qilindi: Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!

photo_2018-11-28_17-02-48.jpg

 #UzAirways #Uzrailways #travel #Uzbekistan #VisitUzbekistan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmon imzolangandi. 

Mazkur Farmon xalqimizga Yangi yil, Navroʻz va Mustaqillik bayramlari munosabati bilan 5 kun ketma-ket dam olish imkoniyatlarini yaratadi.

Ushbu farmon qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida, fuqarolarimizning mazmunli hordiq chiqarishlariga, oila davrasida koʻproq vaqt birga boʻlishlariga va yurtimiz boʻylab tez-tez sayohat qilishlariga qoʻshimcha sharoit yaratib beradi.

b1e326baca22123d3f0a0449daea1d28.jpg

 

Yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramni munosib kutib olish hamda ichki turizimni rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati 2018-yilning 30-dekabridan 2019-yil 3-yanvariga qadar barcha ichki reyslarga hamda “Afrosiyob” poyezdlari chiptalariga chegirmalar eʼlon qildi.

images.jpg

Belgilangan dam olish kunlarida respublika boʻylab 123 ta mehmonxona, 54 ta transport tashkiloti, 90 ta umumiy ovqatlanish joylari va restoranlarda ham chegirmalar joriy etildi.

Bunday bayram oldi chegirmalarini tez-tez joriy etish orqali mahalliy aholini mazmunli hordiq olishiga va shu bilan birga past turistik mavsumda ham turizm obyektlari bandligini taʼminlashga erishishimiz mumkin.

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan