Gidlar uchun seminar-trening tashkil etildi


photo_2018-12-12_15-58-16.jpg

2018 yil 12 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi qoshidagi "Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi" Davlat unitar korxonasi va Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti hamkorlikda sayyohlikni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarining sifatini yaxshilash va mamlakatdagi sayyohlik yo'nalishlarini kengaytirish maqsadida seminar-trening tashkil etdi.


photo_2018-12-12_15-58-23.jpg

Ushbu seminarga Isroilning Yahudiy universiteti professori, Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari Zeev Levin taklif etildi.

photo_2018-12-12_15-58-14.jpg

Seminar ishtirok etgan Gid (yo’lboshlovchi)lar kelgusida sifatli xizmat ko'rsatishni amalga oshirishni tashkil etish uchun foydali bo'ladigan ko'plab yangi bilimlarni o'rgandilar.

 Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati