“Ertaklar olami” deb nomlangan orol haqida eshitganmisiz ?

photo_2018-12-10_20-06-49.jpg

Bugungi kunda mamlakatimizning turizm salohiyati yildan yilga ortib borayotgani hech kimga sir emas. Buni har yili yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini ortayotganidan ham bilish mumkin. Sayyohlar sonini ortishiga sabab boʻladigan eng asosiy omillar deganda: sifatli xizmat turlarini taklif etish va yangi sayyohlik maskanlarini yaratishni misol keltirishimiz mumkin.

Joriy yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qoʻmitasi tomonidan ushbu sohada oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga yaratilayotgan yengilliklar haqida targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib kelindi. Fuqarolarimiz ham oʻz navbatida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotiga ozmi-koʻpmi oʻz hissalarini qoʻshishga harakat qilmoqdalar.

photo_2018-12-10_20-07-27.jpg

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Ohunboboyev jamoa xoʻjaligi Qorahoni qishlogʻida yangi ekomaskan bunyod etildi. Bundan koʻzlangan maqsad aholini yurtimiz boʻylab sayohat qilishga jalb etish va ichki turizmni rivojlantirish va Chet ellik sayyohlar uchun yangi ekomaskanlar yaratishdir. Yangi “Ertaklar olami” deb nomlangan yangi orol joriy yilda oʻz faoliyatini boshladi.

photo_2018-12-10_20-07-43.jpg

Ekomaskan tashrif buyuruvchilar uchun oʻzgacha bir muhitni oʻzida aks ettirgan boʻlib, barcha sayyohlarni oʻzining gʻaroyibotlarga boy olamiga jalb qila oladi.

photo_2018-12-10_20-07-39.jpg

Bu yerga tashrif buyuradigan sayyohlar oʻz qoʻllari bilan baliqlarni ovlab, oʻzlari xohlagan taomlarini tayyorlashlari mumkin.

photo_2018-12-10_20-07-22.jpg

Shu bilan birga, ushbu maskanda ekoturizm va agroturizm yoʻnalishlari boʻyicha madaniy hordiq olish imkoniyatlari ham mavjud. Mazkur dam olish joyi bir vaqtning oʻzida 80 nafar dam oluvchilarni qabul qilish imkoniyatiga ega.

photo_2018-12-10_20-07-08.jpg

photo_2018-12-10_20-07-30.jpg

Bu maskan mahalliy va xorijiy sayyohlarga mavsumiy emas balki yilning barcha faslida sifatli xizmat koʻrsata oladi.photo_2018-12-10_20-07-13.jpg

 

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan