Diqqat tanlov!

2019-yilning 10-15-sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin. Tanlovning asosiy shartlariga: logotipning oʻziga xos muqobil variantini ishlab chiqing va taʼrifini qisqacha bayon eting.


Tanlovning mukofot fondi: birinchi oʻrin uchun 7 000 000 (yetti million) soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 2 000 000 (ikki million) soʻm, uchinchi oʻrin uchun 1 000 000 (bir million) soʻm tashkil etadi.

Yaxshi deb topilgan 3 ta muqobil variant festivalning tashkiliy qoʻmitaga taqdim etiladi.
Tanlovga doir ishlar 2018-yilning 14-dekabr kuni soat 14.00 gacha qabul qilinadi.
2019-yil 15-yanvar kuni tanlov gʻolibi nomi qilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.

Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi sayt orqali tanishishingiz mumkin www.handicraflman.uz.
Logotipga tanlangan grafik material va taʼrif matnini quyidagi elektron manzilga joʻnating Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.
Murojaat uchun telefon (+99871)279-80-88

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati