«Buyuk Ipak yo'lida turizm» nomli 24- Toshkent xalqaro turistik ko'rgazmasi

photo_2018-09-25_09-59-42.jpg

2018-yilning 3-oktyabridan 5-oktyabrigacha Milliy Ko'rgazma Markazida «Buyuk Ipak yo'lida turizm» 24-Toshkent xalqaro sayyohlik ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
2016-yil oxirida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yildagi turizmni rivojlantirishga keng yo'l ochgan «O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirish» haqidagi farmoni imzolandi. 2017-yilda 1,5million sayyoh tashrifi kuzatilgan bo'lsa, joriy yilda sayyohlar tashrifi sakkiz oy mobaynida 3,4 million ya'ni (+126%)ga oshdi.


O'zbekiston sayyohlik bozori progressiv va qiziqarli jarayonlarga boy. «Buyuk Ipak yo'lida turizm» nomli 24- Toshkent xalqaro turistik ko'rgazmasi nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo turizm industriyasida ham keng miqyosdagi yorqin hodisa hisoblanadi.
Ko'rgazma 1995-yildan buyon Butunjahon turistik tashkiloti BMT qo'llab-quvvatlashi bilan o'tkazib kelinmoqda. Har yili ko'rgazmada dunyoning turli burchaklaridan kelgan turizm biznesi mutaxassislari yig'iladi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad – tajriba almashish uchun xalqaro platforma yaratish, Ipak yo'li tarixiy madaniyati, tabiiy merosini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish va kelajakdagi istiqbolli rejalar muhokamasi uchun maydon yaratishdan iborat.
Tadbirning asosiy tashkilotchilari – O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, «Milliy PR markazi».
Joriy yilda Tayland qirolligi, Singapur, Misr, Malayziya, Ozarbayjon, Hindiston, Koreya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar ham ko'rgazmada ishtirok etishdi.

photo_2018-09-25_09-59-42.jpg
Milliy Ko'rgazma Markazidan «Hunarmandlar shaharchasi» loyihasi, mamlakat hududidagi teatr va muzey stendlari, «Sharq bozori», «Rassomlar xiyoboni» kabi milliy taomlar festivali, O'zbekiston dizaynerlari defilyesi va boshqalar joy oladigan xalqaro va milliy pavilyonlar bo'ladi.
Milliy pavilyonda O'zbekiston hududlarining madaniyati, turistik salohiyatini namoyon etuvchi taqdimotlar namoyish qilinadi.
Xalqaro pavilyonda xalqaro aviyakompaniyalar, ta'lim muassasalari, sayyohlik va kurort yo'llanmalari, sayyohlikning turli: sug'urta, tibbiyot, ish bo'yicha turlari stendlari joy oladi.
O'zbek oshxonasi – Sharqdagi eng boy va mazali oshxonalardan biri. Buyuk Ipak yo'li chorrahasida joylashgan O'zbekiston bir necha asrlar davomida turli davlatlarning o'ziga xos taomlar retseptlarini birlashtirdi. «Buyuk Ipak yo'lida turizm» nomli 24- Toshkent xalqaro turistik ko'rgazmasi davomida Milliy Ko'rgazma Markazida mehmondo'st Buyuk Ipak yo'liga sayohat maqsadida «Ipak yo'li mazasi» nomli o'zbek milliy taomlari festivali bo'lib o'tadi.
Ochiq maydonda O'zbekistonning turli hududlari oshxonasi shedevrlarini tatib ko'rish va baho berish uchun 10dan ortiq tematik maydonchalar joy oladi. Festival mobaynida O'zbekistonning mashhur oshpazlari mahorat darslarini o'tadilar.
«Buyuk Ipak yo'lida turizm» nomli 24- Toshkent xalqaro turizm ko'rgazmasi madaniy va turizm sohasiga oid xalqaro va hududiy loyihalarni o'z ichiga oladi.
3-oktyabrdan 5-oktyabrgacha ko'rgazma davomida O'zbekiston va xorijiy davlatlar sayyohlik yo'nalishlari taqdimoti o'tkaziladi.
Joriy yilda Hosted Buyers dasturida 22 xorijiy davlat – Latviya, Polsha, Turkiya, Tayland Qirolligi, Qizg'iziston, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Hindiston, Belgiya, Niderlandiya, Gretsiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Belorusiya, Saudiya Arabistoni, Oman va Isroil davlatlaridan 50 dan ortiq xorijiy OAV vakillarining O'zbekiston yuragi – Samarqandga tashrifi kutilmoqda.photo_2018-09-25_09-59-31.jpg3-oktyabrdan 5- oktyabrgacha « Sharq bozori» ekspozitsiyasi ishtirokchilari savdo chodirlarida faoliyat yutirishadi. Milliy Ko'rgazma Markazi hududida O'zbekiston bozorlari o'ziga xosliklari va rang-barangligini namoyish etuvchi, hunarmand, restoran va folklyor guruhlar ishtirokida milliy uslubdagi yarmarka tashkil qilinadi.
Ipak yo'li inson uchun noyob madaniy qadriyat, shuningdek, turizm, iqtisodiyot va madaniy sohalarni birlashtiruvchi omildir. Butunjahon turizmni rivojlantirish tashkiloti , BMT va boshqa o'z mavqeiga ega xalqaro tashkilotlar nafaqat madaniy, tarixiy omillarni o'rganish va saqlab qolishga, balki Ipak yo'li hududidagi davlatlarda turizm rivojlanishi uchun sharoit yaratishga asosiy e'tiborini qaratmoqdalar.
Xalqaro TripAdvisor saytining Butunjahon turizmni rivojlantirish tashkiloti uchun o'tkazgan kuzatuviga ko'ra 80%dan ziyod sayyohlar Buyuk Ipak yo'li haqida biladilar. Forbes jurnali esa uni eng taniqli brend sifatida tan oldi.
«Ipak yo'li yuragi» mavqeini o'zida saqlayotgan O'zbekiston alohida o'rin tutadi. U BMT, UNESKO va Butunjahon Turizmni rivojlantirish tashkilotining qadimiy Buyuk Ipak yoli turizmini qayta tiklash bo'yicha millatlararo loyihasining faol qatnashchisi hisoblanadi.
Ko'rgazmaning rasmiy homiysi – O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati.
Rasmiy axborot hamkori - UzReport axborot agentligi.
Tadbirni yoritishda:
• O'zbekistan 24 telekanali;
• Dunyo bo'ylab telekanali;
• «O'zA» Milliy axborot agentligi;
• Gazeta.uz internet nashri;
• Nuz.uz internet nashri;
• Kun.uz internet nashri.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

 

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan